• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12790.43
    • RUB162.6
    • EUR14486.44
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Dunyo

    Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston kompaniyasiga sanksiya qo‘lladi

    Yevropa Ittifoqi Rossiyani harbiy texnologiyalardan mahrum etuvchi va uning energiya savdosidan olinadigan daromadlarini kamaytirishga qaratilgan 17-sanksiyalar paketini tasdiqladi. Cheklovlar doirasida O‘zbekiston kompaniyasiga ham sanksiya joriy etildi.

    Foto: point.md
    Foto: point.md

    Sanksiyalar Rossiyaning “soyadagi floti” deb ataluvchi neft tankerlariga, ularning operatorlariga hamda mamlakatning eng yirik neft ishlab chiqaruvchilardan biriga qaratilgan. Ukrainaga qarshi urushda Rossiya harbiy-sanoat majmuasini qo‘llab-quvvatlagani uchun 31 ta kompaniya ham ro‘yxatga kiritilgan.

    Ular orasida O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan Trade Engine System kompaniyasi ham bor. Ustav fondi 10 million so‘m bo‘lgan bu kompaniya 2022-yil iyul oyida tashkil etilgan. U “temir yo‘l, avtotransport, dengiz va havo yo‘llarida yuk tashishni tashkil etish” faoliyati bilan shug‘ullanadi. Kompaniyaning yagona ta’sischisi va direktori — Akbarov Nosirjon Xamitjanovich.

    Yangi sanksiyalar paketi urush boshlanganidan buyon eng keng qamrovli bo‘lib, gibrid choralarni, inson huquqlarini buzganlik uchun jazo choralarini hamda kimyoviy qurollar bilan bog‘liq sanksiyalarni o‘z ichiga oladi. Putin tinchlikka intilayotgandek ko‘rinayotgan bir paytda, yangi sanksiyalar tayyorlanmoqda.

    Rossiya va unga ko‘maklashayotganlarning harakatlari jiddiy oqibatlarga olib keladi. Rossiya o‘zining noqonuniy va shafqatsiz urushini qanchalik uzoq davom ettirsa, bizning javobimiz shunchalik qattiq bo‘ladi, dedi Yevropa diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas.

    Sanksiyalar ro‘yxatiga uchinchi mamlakatlarga tegishli 189 ta kema kiritilgan. Natijada sanksiya ostidagi kemalar soni 342 taga yetgan. Yevropa Ittifoqi “soyadagi flot” faoliyatini ta’minlovchi yuridik shaxslarga nisbatan ham individual sanksiyalar joriy qilgan. Bu ro‘yxatga Rossiya neftini tashiyotgan BAA, Turkiya va Gonkongda ro‘yxatdan o‘tgan firmalar ham kiradi.

    Yevropa Ittifoqi neft narxini cheklash va “soyadagi flot”ga qarshi sanksiyalar kiritganidan beri Rossiyaning tegishli daromadlari 38 milliard yevroga kamaygan. 2025-yil mart holatiga ko‘ra, Rossiyaning bu yo‘nalishdagi daromadlari 2023-yil martiga nisbatan 13,7 foizga, 2022-yilga nisbatan esa 20,3 foizga qisqargan.

    Yevropa Ittifoqining avvalgi sanksiyalar paketi 24-fevral kuni — Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi boshlanganining uch yilligi munosabati bilan joriy etilgan edi. O‘zbekiston kompaniyalari orasida Uzstanex ham cheklovlarga uchragandi, unga qarshi avvalroq AQSH va Buyuk Britaniya sanksiyalari joriy etilgan edi.

    22 may, 12:00   Izoh (0)   4158
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Yevropa Ittifoqi#sanksiya O‘zbekiston

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Amerikalik er-xotin bolalik suratlaridan bitta bog‘chaga borishganini payqab qolishdi

    Layfstayl | 2 iyun, 14:47

    AQSHda ayol “jinni chiqarish” uchun o‘g‘lini o‘ldirib qo‘ydi

    Dunyo | 2 iyun, 14:45

    Golden Boy 2025: Bu yilgi mukofot uchun asosiy da’vogarlar kimlar?

    Sport | 2 iyun, 14:41

    Xiaomi bosh terisini himoya qiluvchi “aqlli”fen ishlab chiqardi

    Layfstayl | 2 iyun, 14:20

    Irlandiya qirg‘oqlarida 350 yil oldin cho‘kib ketgan kema topildi (video)

    Dunyo | 2 iyun, 14:17

    Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari Hindistonda uchrashadi

    Dunyo | 2 iyun, 13:53
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.