AQSH vitse-prezidenti Kamala Harris demokratlarning Oq uy prezidenti Jo Baydenning saylovoldi birinchi debatida mag‘lubiyati haqidagi xavotirlarini bostirishga urindi. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.
Baydenning munozaralar chog‘idagi sust harakatlari va to‘xtab-to‘xtab javob berishlari saylovchilarning uning yana to‘rt yillik prezidentlik muddatini egallashga yaroqsizligi haqidagi xavotirlarini kuchaytirdi va demokratlarda 5-noyabrda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovida boshqa nomzodni ilgari surish fikrini tug‘dirdi.
“Prezidentlik poygasi natijalari iyun oyining bir kechasida hal etilmaydi. Ularni siz, biz hal qilamiz. Keyingi yil Oq uyni kim boshqarishini kelgusi 130 kun ichida birgalikdagi harakatlarimiz belgilaydi. Va nihoyat, bu saylov oldidan hammani bir savol qiynamoqda: biz qanday mamlakatda yashashni xohlaymiz — erkinlik, adolat va qonun ustuvor mamlakatdami yoki tartibsizlik, qo‘rquv va nafrat mamlakatida?” — dedi Harris.
Avvalroq Oq uy Baydenning debatdagi mag‘lubiyati sababi haddan tashqari tayyorgarlikda deb hisoblashi ma’lum qilingandi.
Izoh (0)