AQSH prezidenti Jo Bayden va mamlakatning sobiq yetakchisi Donald Tramp o‘rtasidagi munozara natijasi “Trampokalipsis” ehtimolini oshirdi. Bu haqda LinkedIn asoschisi Rid Xofmanning ismi oshkor etilmagan maslahatchisi ma’lum qildi.
O‘z maktubida u Bayden keksa yoshini tasdiqlovchi “dahshatli tun” o‘tkazganini ta’kidlagan.
“Trampokalipsis 2”ni o‘tkazish imkoniyatimiz sezilarli darajada oshdi, — deb yozgan Xoffmanning maslahatchisi va natijani “fojiali” deb atagan.
Bayden va Tramp o‘rtasidagi bahs 28-iyun kuni bo‘lib o‘tdi. Ma’lum bo‘lishicha, Baydenning nutqidan so‘ng AQSH Demokratik partiyasini vahima bosgan. Politico nashrining yozishicha, ba’zi demokratlar allaqachon saylov poygasida Baydenni almashtirishni faol muhokama qilmoqda. AQSH vitse-prezidenti Kamala Xarris Bayden Tramp bilan bahsni eng yaxshi tarzda boshlamaganini tan olgan.
Amerikalik tadbirkor Ilon Mask o‘zining ijtimoiy tarmog‘ida AQSH saylovoldi debatlarida “internet-memlar” g‘olib bo‘lganini yozgan. Uning fikricha, bu voqea amaldagi prezidentni demokrat nomzod sifatida “almashtirishga tayyorgarlik” bo‘lgan.
Tramp bilan munozarada Amerika yetakchisi qayta-qayta duduqlanib, xirillashdi va juda sokin gapirgan. Internetda AQSH prezidentining og‘zini biroz ochib turgani aks etgan video paydo bo‘lgan. Amerikalik tahlilchilar buni Bayden uchun haqiqiy falokat deb atashgan. YouTube’dagi debat translyatsiyasi ostidagi izohlarda foydalanuvchilar siyosatchini sharmandali deb atagan va 81 yoshli demokratning faoliyatini yakunlanganini ham ta’kidlagan.
Izoh (0)