• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Uch qahramon: adabiyot va kinodagi arxetiplar

    22-may kuni Kinopoisk’da "Uch qahramon" nomli yangi o‘zbek jangari filmi namoyish etildi. Filmda huquq-tartibot idoralari xodimlarining qahramonona uchligi: qat’iyatli Uchqun, halol Ozod va g‘ayratli Alisher ko‘rsatiladi. Uch qahramonga ekstremist Zafar timsolida arxetipik yovuzlikka qarshi turish vazifasi yuklatilgan. Dinamik jang, ta’qib va otishmalar, qahramonlar qarama-qarshiligi va yuksak ideallar uchun kurash - bularning barchasi "Uch qahramon" filmi tomoshabinlarini kutmoqda.

    To‘siqlarni yengib o‘tadigan, yovuzlikka qarshi kurashadigan, bir tanu bir jon bo‘lib harakat qiladigan uch qahramondan iborat bunday tuzilma qanday paydo bo‘lgan? Axir, bunday misollar jahon adabiyoti va kinosida juda ko‘p: Uch bahodir; Qo‘rqoq, Tentak, Tajribali; Frodo, Sem, Gollum; Garri, Ron va Germiona, Kapitan Jek Chittak, Elizabet va Uill. Qahramonlik uchliklarining o‘ziga xos xususiyatlari nimada, jahon va o‘zbek madaniyatidagi eng yorqin namunalari qaysilar va uch qahramonning kuchi nimada yashiringan?

    "Uchlik" qiymati

    Uchlik ko‘plab madaniyatlarda ramziy jihatdan juda muhim raqam hisoblanadi. Kino paydo bo‘lgunga qadar turli xalqlar folklori, adabiyoti va teatr san’atida uch takror va uchlikdan iborat jamoalar uchragan.

    Uch qahramonli hikoyalarning afzalligi nimada? Ko‘pincha uchlikda bosh qahramon bo‘ladi va uni yorqinroq ochib berish uchun qolgan ikki qahramon kerak bo‘ladi. Ular hamroh, yordamchi, ba’zan dushman, ba’zan murabbiy sifatida talqin etiladi. Ikki qahramon hikoyani bo‘yaydi, to‘ldiradi, ziddiyat qo‘shadi va uni oldinga siljitishga yordam beradi. Shu bilan birga, har bir qahramon, umumiy maqsadga qaramay, o‘z arkasiga ega bo‘lishi va rollarni almashtirishi mumkin. Uchlik hikoyani murakkabroq va ko‘p qirrali qilishga yordam beradi.

    Kino va adabiyotdagi miflar va arxetiplar

     Arxetiplar nazariyasini - turli xalqlar madaniyatida mavjud bo‘lgan namunaviy qahramonlar va xulq-atvor modellarini XX asr boshlarida Yung rivojlantirdi va uning g‘oyalarini 1949-yilda Jozef Kempbell "Ming yuzli qahramon" kitobida davom ettirilgan. Arxetiplar va qahramonning yo‘li haqidagi g‘oyalar Gollivud kinosidan tortib video o‘yinlar sanoatigacha bo‘lgan ommaviy madaniyatga juda katta ta’sir ko‘rsatdi.

     Jorj Lukas Kempbell yondashuvi asosida Yulduzlar jangi olamini yaratganini aytdi. Eslatib o‘tamiz, bu asarda uchlik harakat qiladi - Lyuk Skayuoker - otasini izlash va yovuzlik bilan kurashish yo‘lidan boradigan bosh qahramon, uning ittifoqchilari Xan Solo (tricker yoki firibgarning arxetipi) va malika Leya.

    Uzuklar hukmdori filmida uchlik bir nechta, masalan, "Frodo - qahramon, Sem - ittifoqchi yoki vasiy va Gollum - soya" yoki "Aragorn - qahramon, Legolas - vasiy, Gimli - firibgar/ayyor."

    O‘zbek kinosida qahramonlar uchligi

     Milliy adabiyot va kinematografiyada qahramonlardan iborat jamoalar unchalik ko‘p uchramaydi - odatda birinchi o‘ringa Xo‘ja Nasriddin, "Sen yetim emassan" filmidagi qahramon onani himoya qiluvchi Alpomish jangchi kabi yorqin shaxslar chiqadi.

    Uchlikning o‘zaro ta’siri ko‘pincha sevgi uchburchagi motivi orqali ochib berilgan: Navoiyning "Farhod va Shirin" dostoni, "Oshiqlar," "Oq, oq laylaklar" filmlari.

    Qahramonlik uchligiga misol qilib, "Qirq birinchi yil olmalari" filmini keltirish mumkin, unda o‘zbekistonlik uch keksa kolxozchi askar sifatida frontga olma olib ketayotgani haqida hikoya qilinadi: hikoya qiluvchi bosh qahramon Choyxonachi, uning o‘rtoqlari Odil va Mansur. Filmning o‘zida ular o‘zlarini "ko‘r, cho‘loq va keksa" deb atashadi - shu tariqa film mualliflari qahramonlar eng oddiy odamlar - sodda, ammo mehribon va olijanob bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatishga harakat qilishadi.

    Shu tariqa, "uch qahramon" mavzusi uzoq yillar davomida xorijiy va mahalliy kino va adabiyotda uchrab kelganini ko‘rishimiz mumkin. Yangi mahalliy "Uch qahramon" filmi mualliflari qahramonlar uchligining tarixini qanday ochib berganini ko‘rish yanada qiziqarli bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz, filmni Yandex Plus obunasi bilan Kinopoisk’da tomosha qilish mumkin.

    29 may, 19:30   Izoh (0)   2403
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Hitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Migratsiya agentligi fuqarolarni xorijdan qaytarishdagi firibgarlikdan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 1 iyun, 13:40

    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi

    Reklama | 1 iyun, 13:30

    “PSJ” finaldagi g‘alabasi evaziga qancha pul ishlab olgani ma’lum bo‘ldi

    Sport | 1 iyun, 13:07

    Mask giyohvand moddalar iste’mol qilayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi

    Dunyo | 1 iyun, 11:30

    2024/25-yilgi Yevropa Chempionlar Ligasi: eng yaxshi to‘purar va assistentlar aniqlandi

    Sport | 1 iyun, 11:02

    Rossiyada yo‘lovchi poyezd ustiga ko‘prik quladi. Qurbonlar bor

    Dunyo | 1 iyun, 10:40

    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi

    Reklama | 1 iyun, 12:00

    Tojikistondan 16 kilo giyohvandlik vositasi olib kelgan shaxsga sud hukmi o‘qildi

    O‘zbekiston | 1 iyun, 09:45

    10 sutka qamoq va jarima. Toshkentdagi futbolda janjal uyushtirganlar jazolandi

    O‘zbekiston | 1 iyun, 08:57

    YCHL. “PSJ” finalda “Inter” darvozasiga javobsiz 5 ta gol urib, chempionlikni qo‘lga kiritdi (video)

    Sport | 1 iyun, 07:59
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.