• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “BMT-ayollar” tuzilmasi O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochdi

    Joriy yilning 27-may kuni Toshkentda “BMT-ayollar” tuzilmasining O‘zbekistondagi vakolatxonasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

    Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Hukumati aʼzolari, BMT agentliklari, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, shuningdek, fuqarolik jamiyati va xususiy sektor vakillari ishtirok etdi.

    Taʼkidlash joizki, “BMT-ayollar” tuzilmasi ofisini Toshkentda ochish bo‘yicha oliy darajadagi kelishuvga BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, “BMT-ayollar” tuzilmasi ijrochi direktori Sima Baxusning O‘zbekistonga 2024-yil may oyida amalga oshirgan tashrifi mobaynida erishilgan edi.

    Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva “BMT-ayollar” bilan hamkorlikning yangi bosqichini qo‘llab-quvvatlashini bildirib, ofisning ochilishi mamlakatning gender tenglik sohasidagi taraqqiyotini xalqaro miqyosda eʼtirof etish ramzi sifatidagi muhimligini taʼkidladi.

    "BMT–Ayollar tuzilmasining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy ofisi direktori o‘rinbosari Eliza Fernandes Sayens xonim bilan mazmunli va samarali uchrashuv o‘tkazdik.

    Uchrashuvda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev hamda BMT Bosh kotibining o‘rinbosari, UN Women ijrochi direktori Sima Sami Bahusning qo‘llab-quvvatlashi bilan bugun o‘z faoliyatini boshlagan UN Women vakolatxonasi O‘zbekistonda xotin-qizlar huquqlarini taʼminlash yo‘nalishida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning xalqaro darajada eʼtirof etilayotganidan dalolat ekani alohida taʼkidlandi.

    Suhbat chog‘ida Eliza xonim global miqyosdagi siyosiy va iqtisodiy beqarorlik sharoitida O‘zbekistonda xotin-qizlarning davlat boshqaruvi, fan, texnologiyalar, madaniyat va boshqa sohalardagi faolligini taʼminlash borasida erishilayotgan yutuqlarni yuqori baholadi.

    Uchrashuv yakunida har bir ayol va qizning salohiyatini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladigan raqamli texnologiyalar va taʼlim dasturlarini ilgari surish, shuningdek, ushbu yo‘nalishdagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va yangi qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi", dedi Tanzila Narbayeva. 

    Ofisning ochilishi O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan genderga yo‘naltirilgan byudjetlashtirish loyihasining ishga tushirilishi bilan bir vaqtga to‘g‘ri keldi. Ushbu loyiha yangi ofis faoliyatining birinchi keng ko‘lamli yo‘nalishi bo‘ladi.

    Marosimda “BMT-ayollar” tashkilotining Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha mintaqaviy direktori o‘rinbosari Eliza Fernandes Sayens ofisning mamlakat ayollari va qizlari uchun sheriklik, taraqqiyot va umid timsoli sifatidagi ahamiyatini taʼkidladi.

     “Tenglikka erishish yo‘li ushbu ofisning ochilishi bilan tugamaydi - u yangidan, ko‘proq majburiyat, yangi umid va to‘xtovsiz oldinga intilish bilan boshlanadi”, - dedi Eliza Fernandes Sayens.

     

    BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Sabina Maxl ofisning ochilishi mamlakatning inson salohiyatini rivojlantirish va gender tenglikka qatʼiy sodiqligini tasdiqlashi, “BMT-ayollar” bilan hamkorlik esa ushbu vazifalarni amalga oshirishga xizmat qilishini taʼkidladi.

    O‘zbekistonda “BMT-ayollar” tuzilmasi ofisining ochilishi xotin-qizlar huquqlari va gender tenglikni ilgari surishda yangi davrni boshlab beradi, bu tashkilotning yubileylari hamda butun dunyoda xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish va kengaytirishga qaratilgan asosiy xalqaro hujjatlar yilida ayniqsa muhimdir. Joriy yilda tashkilot o‘zining 15 yilligini, Pekin deklaratsiyasi va Harakatlar platformasining 30 yilligi hamda BMT Xavfsizlik Kengashining Xotin-qizlar, tinchlik va xavfsizlik masalalari bo‘yicha 1325-rezolyutsiyasining 25 yilligini nishonlaydi.

    28 may, 19:30   Izoh (0)   889
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyada Putinni Gitlerga o‘xshatib mem qilganlar jazolanadi

    Dunyo | 30 may, 23:55

    Zarafshon daryosidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al qazib olgan shaxsga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 30 may, 23:40

    “O‘zbekiston qo‘shni davlatlar bilan urushga kirishishi mumkin edi” – Abdulaziz Komilov

    O‘zbekiston | 30 may, 23:30

    AQSH Oliy sudi Trampga 500 ming muhojirni mamlakatdan chiqarib yuborishga ruxsat berdi

    Dunyo | 30 may, 23:25

    Nepalda o‘n minglab namoyishchilar monarxiyani tiklashni talab qilmoqda

    Dunyo | 30 may, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 may, 22:55

    Toshkent viloyatida svetoforning taqiqlovchi ishorasiga amal qilmagan haydovchining mashinasidan giyohvand modda topildi

    O‘zbekiston | 30 may, 22:40

    Surxondaryodagi 5 ta “dom”da 1,5 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 30 may, 22:30

    Fransiya prezidenti Isroilga qarshi siyosat yuritishda ayblandi

    Dunyo | 30 may, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.