• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Pokiston va Hindiston zamonaviy aviatsiya tarixidagi eng yirik havo jangini o‘tkazdi — OAV

    CNN telekanalinining o‘z manbalariga tayanib xabar berishicha, Pokiston va Hindiston zamonaviy aviatsiya tarixidagi eng yirik va eng uzoq davom etgan havo jangni o‘tkazgan.  Ma’lum bo‘lishicha, 125 ta jangovar samolyot taxminan bir soatdan ortiq o‘zaro kurash olib borgan. Shunga qaramay, hech bir tomon o‘z havo hududini tark etmagan, ba’zi raketa zarbalari esa 160 kilometrdan ortiq masofadan amalga oshirilgan, deb yozadi manba.

    d
    Hindiston harbiy havo kuchlarining Rafale qiruvchi samolyoti
    Foto: Defence magazine

    Pokiston xavfsizlik xizmatining CNN bilan suhbatlashgan yuqori martabali vakili 2019-yildan so‘ng tomonlar bir-birining havo hududiga nisbatan ehtiyotkorlik bilan yondasha boshlaganini bildirgan. O‘shanda pokistonlik uchuvchi hindlarning MiG-21 qiruvchisini urib tushirgandi. 

    “Shundan beri hech kim yana tahqirlanishni xohlamaydi”, deydi CNN manbasi.

    Ayni shu bois bu safargi jangda ham tomonlar o‘z havo hududidan chiqmay harakat qilib, uzoq masofadan “havo-havo“ raketalari uchirish bilan cheklangan. 

    “Tutdek to‘kilgan” hind samolyotlari

    7-mayga o‘tar kechasi Hindiston “Sindur operatsiyasi” nomli amaliyot o‘tkazib, Kashmirning Islomobod nazoratidagi hududlariga zarba berdi. Natijada mamlakatning o‘nlab fuqarolari halok bo‘ldi. 

    Biroq Pokiston havo mudofaa tizimlari hujumda qatnashgan hind samolyotlarining bir qanchasini tutib oldi. Islomobod ular orasida uchta Rafale, bitta Su-30 hamda yana bir MiG-29 qiruvchisi borligini ma’lum qildi. Keyinroq tarmoqlarda urib tushirilgan samolyotlarga tegishli qismlar tasvirlari tarqaldi. OSINT tahlilchilari ularni o‘rganib, pokistonliklarning da’volarini qisman tasdiqladi. 

    Su-30/MiG-29 qiruvchisida qo‘llanilgan K-36DM katapult o‘rindig‘i qoldiqlari
    Foto: Tarmoqdan

    Ma’lum bo‘lishicha, Pokiston havo janglarida Xitoydan sotib olingan J-10 qiruvchilari hamda PL-15E “havo-havo” raketalarini qo‘llagan. Bu xabar ortidan Chengdu Aircraft Corporation aksiyalari keskin ko‘tarildi. Boisi yuqorida qayd etilgan samolyot aynan ushbu kompaniya tomonidan ishlab chiqariladi.  

    Xitoy kompaniyasining aksiyalari narxi oshgan bo‘lsa, Dassaul Rafale bilan buning aksi yuz berdi. Boisi u hind harbiylari “Sindur operatsiyasi“da qo‘llagan Rafale qiruvchi samolyotlarining ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Pokiston kuchlari tomonidan urib tushirilgani aytilgan uchta samolyotdan biri vizual dalillar bilan tasdiqlandi.

    Bathinda hududida Rafale qiruvchisining seriya raqami tushirilgan korpus qismi topildi 
    Bathinda hududida Rafale qiruvchisining seriya raqami tushirilgan korpus qismi topildi 
    Foto: Tarmoqdan

    2016-yili Hindiston Fransiya bilan 36 ta Rafale qiruvchisini sotib olish uchun 8,8 mlrd dollarlik shartnoma imzoladi. Bu hindlar har bir havo borti uchun o‘rtacha 244 mln dollardan to‘lashini anglatadi. Joriy yilda Dehli harbiy dengiz kuchlari uchun 26 ta Rafale M modifikatsiyalarini sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu safar ularning har biri 285 mln dollardan tushdi. 

    Fransuz samolyotlarining bu qadar qimmatligini shartnoma nafaqat qiruvchilar, balki o‘q-dori va ehtiyot qismlari, texnik xizmat kabilarni ham ko‘zda tutishi bilan izohlash mumkin.  

    8 may, 17:21   Izoh (0)   3262
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Pokiston#Hindiston#Kashmir#Rafale

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonlik instabloger sahifasidagi folloverlari soni kamaygani tufayli o‘z joniga qasd qildi

    Layfstayl | 10 may, 23:30

    O‘zbekistonda bir yilda tadqiqotlar uchun qancha pul ajratilgani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 10 may, 23:10

    O‘zbekiston va Rossiya harbiy hamkorlik rejasini imzoladi

    O‘zbekiston | 10 may, 22:45

    Superliga. “Paxtakor” Toshkentda “Buxoro”ni tor-mor etdi

    Sport | 10 may, 22:27

    Dunyoga mashhur videobloger Mr Beast o‘zbek tilini biladigan koordinator izlamoqda

    O‘zbekiston | 10 may, 22:25

    Yulduzlardan ko‘proq topadi: Zendaya, Beyonse va Rianna stilistlarining gonorari qancha?

    Layfstayl | 10 may, 22:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.