Quyoshda 5-may kuni X sinfidagi eng yuqori chaqnash qayd etildi. Bu haqda Rossiya Amaliy geofizika institutiga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, X toifadagi oxirgi chaqnash 3-may kuni kuzatilgandi.
5-may kuni Toshkent vaqti bilan soat 11:01 da 3663 (N24W22) quyosh dog‘lari guruhidagi rentgen diapazonida 20 daqiqa davom etgan X1.3 chaqnashi aniqlandi, — deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, uchta M sinfidagi chaqnashlar qayd etilgan. Quyosh chaqnashlari rentgen nurlanishining kuchiga qarab beshta sinfga bo'linadi: A, B, C, M va X.
Minimal sinf A0.0 bo‘lib, Yer orbitasida kvadrat metrga 10 nanovatt radiatsiya quvvatiga to'g'ri keladi. Keyingi harfga o'tishda quvvat 10 barobar ortadi. Quyoshdagi chaqnashlar odatda Yer tomon yo‘nalgani uchun magnit bo‘ronlarini keltirib chiqarishi mumkin.
Izoh (0)