• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.13
    • RUB161.07
    • EUR14542.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    O‘zbekistonda o‘rtacha ish haqi sezilarli ko‘tarildi: kimlar eng ko‘p oylik olmoqda?

    Joriy yilning birinchi choragida mamlakatdagi o‘rtacha oylik ish haqi o‘tgan yilning mos davriga qaraganda 815 ming so‘mga o‘sib, 4 million 919 ming so‘mni tashkil etdi. 

    Statistika agentligi hisob-kitoblariga ko‘ra, 2024-yil yanvar–mart oylarida O‘zbekistondagi nominal hisoblangan o‘rtacha oylik ish haqi 4,9 million so‘mga yetdi. Respublikada 2023-yilning mos davrida bu raqam 4,1 million so‘mni tashkil etgan. 

    O‘rtacha oylik ish haqini hisoblashda jami 3 million 91 ming 950 nafar xodim maʼlumotlaridan foydalanilgan. Biroq ko‘rsatkichni shakllantirishda qishloq xo‘jaligi va kichik tadbirkorlik subyektlari hisobga olinmagan. Agentlik izohiga ko‘ra, fermer xo‘jaliklari hamda kichik tadbirkorlik subyektlari yilda bir marta hisobot taqdim etishi belgilangan. Agar mazkur tarmoqlarda ishlovchi xodimlar o‘rtacha oylik ish haqi ham hisoblansa, umumiy ko‘rsatkich ancha pasayishi mumkin.

    Hududlar kesimida eng yuqori miqdordagi o‘rtacha oylik ish haqi Toshkent shahrida qayd etilgan — 8 million 116 ming so‘m. Shu bilan birga, qolgan hududlarga nisbatan yuqori o‘rtacha oylik daromadlar Navoiy (6,5 million so‘m), Toshkent (4,7 million so‘m) hamda Andijon viloyatlarida (4,4 million so‘m) kuzatilgan. Eng kam o‘rtacha oylik ish haqi esa Surxondaryo viloyatida — 3,5 million so‘m.

    Yanvar–mart oylarida hududlar bo‘yicha o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining eng yuqori o‘sish sur’atlari Andijon viloyatida (25,2 foiz), Toshkent shahrida (22,3 foiz), Farg‘ona viloyatida (21,5 foiz), Navoiy viloyatida (18,8 foiz) hamda Jizzax viloyatida (18,2 foiz) kuzatildi.

    Birinchi chorakda iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng baland ko‘rsatkichi — bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati sohasiga to‘g‘ri kelgan — 13,2 million so‘m. Xususan, soha tarmoqlaridan biri moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish va sug‘urtalash bo‘yicha yordamchi faoliyatda o‘rtacha oylik ish haqi 17,4 million so‘m bo‘lib, qolgan tarmoqlardagiga qaraganda eng yuqori ko‘rsatkichni tashkil etgan.

    Shuningdek, axborot va aloqa sohasida o‘rtacha oyliklar 11,7 million so‘mni tashkil etib, uning tarmoqlaridan bo‘lgan kompyuter dasturlashtirish, maslahat berish va boshqa yordamchi xizmatlarda o‘rtacha oylik eng yuqori ko‘rsatkich — 17,7 million so‘mgacha yetgan. O‘z navbatida, tashish va saqlash sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 7,3 million so‘m, sanoatda 6,1 million so‘m bo‘lib, o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan yuqori ko‘rsatkichni tashkil etgan.

    Taʼlim (3,4 million so‘m), sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish (3,2 million so‘m) sohalari o‘rtacha oylik ish haqi miqdori bo‘yicha doimgidek boshqa sohalarga nisbatan eng quyi pog‘onalarda qayd etilgan. Mazkur sohalardagi o‘rtacha ish haqi respublikadagi umumiy o‘rtacha oylik ish haqidan sezilarli darajada kamligicha qolmoqda.

    Taʼlim sohasining asosiy tarmoqlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi oliy taʼlimda (7,9 million so‘m), eng past ko‘rsatkich esa maktabgacha taʼlimda (1,8 million so‘m) kuzatilgan.

    Taʼlim sohasi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahri (5,5 million so‘m), Namangan (3,4 million so‘m) va Navoiy viloyatlarida (3,4 million so‘m) qayd etilgan.

    Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasining faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahri (4 million so‘m), Qoraqalpog‘iston Respublikasida (3,6 million so‘m) hamda Xorazm viloyatida (3,5 million so‘m) kuzatilgan.

    Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2023-yilda o‘rtacha oylik ish haqi 4 million 551 ming so‘mni tashkil etgandi.  

    07.05.2024, 16:28   Izoh (0)   99266
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar oshirilishi kutilmoqda. Buning uchun davlat budjetidan qancha mablag‘ sarflanadi?

    03.01.2024, 15:55

    O‘zbekistonda eng kam oylik olayotgan soha xodimlari kimlar?

    29.01.2024, 18:41

    O‘zbekistonda ish haqi, pensiya va nafaqalar uchun yillik to‘lov miqdori maʼlum qilindi

    02.04.2024, 12:12

    Dunyodagi eng qashshoq davlatlar reytingi e’lon qilindi, O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

    05.05.2024, 19:16

    O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 

    04.05.2024, 21:21

    Yashirin iqtisodiyot to‘g‘risidagi qaror loyihasi: u qanday salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin?

    04.05.2024, 14:39
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sherzod Asadov Rossiya prezidentining matbuot kotibi bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:55

    Saida Mirziyoyeva Aleksey Gromov bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:51

    Floridada alligator hujumidan omon qolgan erkak politsiya tomonidan otib o‘ldirildi

    Dunyo | 28 may, 23:50

    Jorja Meloni Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Registon ansambli va “Boqiy shahar” majmuasi bilan tanishdi (foto)

    O‘zbekiston | 28 may, 23:41

    Helsinki aeroportidagi ish tashlashlar sababli Finnair aviakompaniyasi yuzdan ortiq reysni bekor qiladi

    Dunyo | 28 may, 23:40

    Samarqanddagi korxona 3 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangani aniqlandi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:30

    Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 28 may, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 28-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 28 may, 23:11

    Saida Mirziyoyeva Rossiya prezidenti administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari bilan uchrashdi. Nimalar muhokama qilindi?

    O‘zbekiston | 28 may, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.