O‘zgidromet” 21—25-aprel kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, dushaba va seshanba kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
23-aprel, chorshanba kuni faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlari bo‘yicha qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg‘irlar yog‘ishi mumkin. 24—25-aprel kunlari respublikaning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Dam olish kunlari kuzatilgan salqin havodan so‘ng, ushbu hafta davomida havo harorati asta-sekin ko‘tarilishi kutilmoqda. Dushanba kuni kunduzi respublika bo‘yicha harorat 20-25 daraja, ish haftasining oxiriga kelib 25-30 daraja, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda baʼzi joylarda 31-33 darajagacha bo‘ladi.
21—22-aprel kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkentda dushanba kuni kechga tomon va seshanba kuni kunning ikkinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati 21-24 daraja bo‘ladi. 23—25-aprel kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 25-28 darajagacha ko‘tariladi. Harorat asosan kechalari 12-15 daraja bo‘ladi.
Izoh (0)