• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    AQSHning global zarba beruvchi quroli — B-2 Spirit samolyoti haqida

    2025-yil 21-iyun kuni tunda AQSHning Missuri shtatidagi Uaytmen havo bazasidan 7 ta B-2 Spirit turidagi strategik bombardimonchi samolyotlar havoga ko‘tarildi. Ularga Eronning Natanz va Fordodagi yadroviy infratuzilmasiga zarba berish vazifasi yuklatilgan edi. Vazifa muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirildi.

    Ushbu maqolada ayni kunlarda ko‘p tilga olinayotgan, har biri qariyb 2 milliard dollar turuvchi, AQSH harbiy strategiyasining yadrosi — B-2 Spirit strategik bombardimonchi samolyotning yaratilish tarixi, xususiyatlari va bu samolyotlar ishtirokida o‘tgan harbiy missiyalar haqida so‘z yuritiladi.

    Loyihaning kelib chiqishi

    B-2 Spirit’ning yaratilish ildizlari AQSH va Sovet Ittifoqi o‘rtasida kechgan “Sovuq urush” davriga borib taqalsa-da, aslida bu bombardimonchi samolyot Ikkinchi jahon urushi davrida nemislar tomonidan ishlab chiqilgan Horten Ho 229 samolyotining g‘oyaviy merosxo‘ri hisoblanadi.

    Bu shuni ko‘rsatadiki, AQSH Ikkinchi jahon urushidan keyin nemis texnologiyalarini chuqur o‘rgangan va ularni o‘zining yangi avlod harbiy loyihalariga qo‘llagan.

    60-yillarda AQSH Sovet Ittifoqiga qarshi ehtimoliy global yadro urushiga bor kuchi bilan tayyorlanayotgan edi. Shunday bir sharoitda dushman havo mudofaasini aylanib o‘ta oladigan, strategik zarba bera oladigan, radarlar deyarli ilg‘ay olmaydigan, ko‘rinmas samolyotga ehtiyoj tug‘ildi.

    Bu zarurat asosida Northrop Grumman kompaniyasi tomonidan Advanced Technology Bomber (ATB) dasturi ishlab chiqiladi. Natijada 1989-yil 22-noyabrda B-2 Spirit ilk parvozini amalga oshirdi. AQSHning Missuri shtatidagi Uaytmen harbiy-havo bazasi — B-2 samolyotlari saqlanadigan yagona baza hisoblanadi.

    Фон изображения
     
    Horten Ho 229 samolyoti
    Foto: smithsonianmag

    Dizayn va texnik jihatlar

    B-2 Spirit dizayni texnologik jihatdan ilg‘or bo‘lib, u flying wing – uchuvchi qanot shaklida yaratilgan. Bu shakl aerodinamik qarshilikni kamaytiradi, yonilg‘i sarfini pasaytiradi va eng asosiysi – radar to‘lqinlarini sochib yuboradi.

    AQSH harbiy-havo kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, B-2 ning uchish masofasi taxminan 11 000 kmni tashkil etadi. Ya’ni samolyot AQSHdan parvoz qilgan holda yonilg‘i quymasdan Yevropaning istalgan nuqtasi, Yaqin Sharq, Osiyoning katta qismi va hatto Afrika markazigacha yetib bora oladi.

    B-2 samolyotining ikki kishilik ekipaji avtomatlashtirilgan tizimlar yordamida boshqaradi. Samolyot havoda har olti soatda bir marta yonilg‘i bilan to‘ldiriladi va bu vaqt ichida qariyb 50 tonna yonilg‘i qabul qilishi mumkin.

    Samolyotda ikkita ichki bombalar bo‘linmasi mavjud bo‘lib, unda o‘q-dorilar aylanadigan start qurilmasi va ikki bombani ushlab turuvchi moslama joylashtirilgan.

    B-2 Spirit jami 18 tonnagacha og‘irlikdagi o‘q-dorilarni tashishga qodir. Samolyotga bunkerlar ajali hisoblangan GBU-57 bombasidan 2 ta joylashtirish mumkin.

    Bombalarni samolyotning ichki qismga joylashtirilishi — ularning tashqi qismlarga joylashtirilishiga nisbatan radarga kamroq seziluvchanlikni ta’minlaydi.

    Фон изображения
     
    B-2 Spirit
    Foto: washingtontimes

    Harbiy amaliyotlar

    B-2 Spirit ilk bor 1999-yilda NATOning Yugoslaviyadagi harbiy operatsiyalari paytida amaliy jangovar vazifaga jalb etilgan. Keyinchalik u Afg‘oniston (2001), Iroq (2003) va Liviya (2011) kabi harbiy operatsiyalarda ishtirok etgan. Bu davlatlar qatoriga Eron ham qo‘shildi.

    B-2 ning o‘ziga xos jihati – u dunyodagi istalgan nuqtaga 24 soat ichida zarba bera olish imkoniga ega. Buning uchun AQSHning global harbiy bazalar tarmog‘i, havodagi yoqilg‘i quyish tizimi va razvedka vositalari xizmat qiladi.

    Фон изображения
     
    B-2
    Foto: defensedaily

    Strategik ahamiyati

    Bugungi kunda global tahdidlar fonida – ayniqsa Xitoy va Rossiyaning harbiy salohiyati oshib borayotgan bir paytda – B-2 Spirit AQSHning yadro uchlik strategiyasida muhim o‘rin egallaydi.

    U yerga joylashtirilgan raketalar va suvosti kemalari bilan birga, har qanday dushman ustiga zarba berish imkoniyatini kafolatlaydi.

    Shuningdek, B-2 ning mavjudligi diplomatik siyosatga ham bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Chunki bu samolyot strategik ogohlantiruvchi vosita sifatida ishlatiladi. U AQSHga har qanday mojaroni boshlashdan avval dushmaniga o‘z kuchini namoyish imkoniyatini beradi.

    B-2 Spirit – dunyodagi eng qimmat harbiy samolyotlardan biri hisoblanadi. Har bir samolyotning narxi — 2 milliard dollarga yaqin.

    B-2 ning ekspluatatsiyasi va texnik xizmat ko‘rsatish juda murakkab. Shu tufayli Pentagon 2030-yillarda B-2 ni yangi avlod B-21 Raider bombardimonchilari bilan almashtirishni rejalashtirmoqda.

    1 iyul, 20:10   Izoh (0)   5501
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #AQSH#"B-2 Spirit"#bombardimonchi#samolyot
    Sardor Ali Nurmatov

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nepalda dronlar Everestdagi chiqindilarni tozalashni boshladi (video)

    Dunyo | 4 iyul, 21:30

    Yangicha suv hisoblagich, aholi qarzdorligi va subsidiyalar: Toshkentda issiq suv taʼminoti haqidagi savollarga javoblar

    O‘zbekiston | 4 iyul, 21:22

    Slotdan Salahgacha: “Liverpul” vakillari Diogu Jotani qanday xotirlamoqda?

    Sport | 4 iyul, 21:12

    Neyrotarmoqlar OAV trafigining pasayishiga sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi

    Dunyo | 4 iyul, 21:10

    O‘zbekistonda iyunda qancha fuqaroga ijtimoiy to‘lovlar tayinlangani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 4 iyul, 20:56

    Tramp 1-avgustdan AQSHning 10-70 foizlik import bojlari joriy etilishini e’lon qildi

    Dunyo | 4 iyul, 20:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.