Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonning “Oltin qiron” (“Oltin burgut”) ordeni bilan taqdirlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
![](/static/2024/08/08/1-r2ErubY_.jpg)
Ma’lum qilinishicha, bu Qozog‘istonning oliy davlat mukofoti bo‘lib, O‘zbekiston yetakchisiga prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev tantanali ravishda topshirdi.
![](/static/2024/08/08/photo_2024-08-08_14-03-13-FKHVHwEu.jpg)
![](/static/2024/08/08/photo_2024-08-08_14-04-13-JXrnwcNZ.jpg)
![](/static/2024/08/08/photo_2024-08-08_14-04-14-5YfcchLJ.jpg)
Shavkat Mirziyoyev ko‘p millatli O‘zbekiston xalqi nomidan minnatdorlik bildirib, bunday yuksak mukofot ikki xalqning ko‘p asrlik chinakam do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalarini mustahkamlash borasidagi birgalikdagi sa’y-harakatlariga berilgan baho, shuningdek, O‘zbekiston va Qozog‘iston munosabatlarini yangi tarixiy bosqich — strategik sheriklik va ittifoqchilik darajasiga olib chiqish borasidagi mushtarak intilishlarning e’tirofi ekanini ta’kidladi.
![](/static/2024/08/08/photo_2024-08-08_14-33-40-rb364wlt.jpg)
![](/static/2024/08/08/photo_2024-08-08_14-37-21-MnkY488z.jpg)
![](/static/2024/08/08/2-IQsnrwov.jpg)
![](/static/2024/08/08/3-cg7Hlifv.jpg)
![](/static/2024/08/08/5-JyRVnJeo.jpg)
![](/static/2024/08/08/4-4n7tWK5z.jpg)
![](/static/2024/08/08/6-Fav5IVQY.jpg)
“Oltin qiron” oliy ordeni bilan davlat arboblari Qozog‘iston bilan do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun taqdirlanadi.
Izoh (0)