Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida Damas 6 yoshli bolani urib yubordi. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Viloyat IIBB YHXB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, voqea 27-iyul kuni soat 13:10 larda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani hududidan o‘tgan 4R10 Chorbog‘ suv ombori halqa yo‘li avtomobil yo‘lining 14-kilometrida sodir bo‘lgan.
Haydovchi Z.M. Damas avtomobilida harakatlanib ketayotgan vaqtida yo‘lning chap tomonidan o‘ng tomoniga yugurib o‘tayotgan 2018-yilda tug‘ilgan bolani urib yuborgan.
Oqibatda u turli xil tan jarohatlari olib tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.
“Hurmatli ota-onalar, farzandlaringizni avtomobil yo‘llarida qarovsiz qoldirmang!”, deyiladi xabarda.
Hozirda Bo‘stonliq tumani Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)