• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.71
    • RUB160.18
    • EUR14821.7
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +42°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashdi

    Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev 8-avgust kuni tor doirada uchrashuv o‘tkazdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, unda O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorligining dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

    Suhbat avvalida Shavkat Mirziyoyev samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, ushbu davlat tashrifi tarixiy ahamiyatga ega ekani, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga qaratilganini ta’kidladi.

    Tashrif arafasida hukumatlararo komissiya yig‘ilishi, biznes forumi va qator madaniy tadbirlar muvaffaqiyatli o‘tkazilgani qayd etildi. 2034-yilga qadar srategik sheriklik va ittifoqchilik dasturi tayyorlandi, tashqi siyosat idoralari rahbarlari raisligidagi kengash tashkil etilmoqda.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Keyingi yillarda tovar ayirboshlash hajmi ikki barobar, qo‘shma korxonalar soni besh barobar ko‘paydi, yuk tashish hajmi ortmoqda, yirik kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.

    Parlamentlar, hukumatlar, tashqi siyosiy va tarmoq idoralari darajasidagi muloqotlar natijadorligini oshirish, xalqaro va mintaqaviy maydonlar, jumladan, BMT,  Jahon savdo tashkiloti, mintaqa davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari, “Markaziy Osiyo plyus” formatlari doirasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish zarurligi qayd etildi.

    Yoshlar siyosati va axborot maydonini shakllantirish sohasida yaqin hamkorlikni rivojlantirish zarurligi ta’kidlandi. Bu yo‘nalishda kompleks hamkorlik dasturini tayyorlashga kelishib olindi.

    Ikki mamlakat parlamentlari palatalari ishtirokida Parlamentlararo forum tashkil etilishi qo‘llab-quvvatlandi.

    Tovar ayirboshlash hajmini, eng avvalo, o‘zaro bozorlarni shakllantirish va uchinchi mamlakatlardan importning o‘rnini bosish hisobiga yanada oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Shu ma’noda, hukumatlarga oy yakuniga qadar tovar ayirboshlash hajmini 10 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha alohida dastur qabul qilish topshirildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish maqsadida joriy sammitga qadar umumiy qiymati 7 milliard dollarlik yangi bitim va shartnomalar portfeli ishlab chiqildi. Ular orasida energetika, transport va logistika, metallurgiya, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi va qurilish sohalarida, shuningdek, hududlar o‘rtasidagi loyihalar bor.

    Sirdaryo viloyatida Xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi qurilishini jadallashtirish va u yerda korxonalarni joylashtirishga kelishib olindi. Yirik loyihalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida Qo‘shma investitsiya jamg‘armasini tashkil etish masalasi o‘rganiladi.

    Tranzit yuk tashish uchun qulay sharoitlarni ta’minlash, qo‘shma logistika majmualarini qurish, ikki mamlakat o‘rtasida avtomobil va temir yo‘l yo‘nalishlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

    Strategik mintaqaviy loyihalarni, shu jumladan Qambarota GES-1 qurilishini tez fursatda amalga oshirishga ustuvor e’tibor qaratildi.

    Prezidentlar hududlararo hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini ta’kidladi. Hududlar forumini ikki Hududlar rahbarlari kengashiga aylantirish va uning birinchi yig‘ilishini joriy yilning kuzida Samarqandda o‘tkazishga kelishib olindi.

    Davlat rahbarlari tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashdi.

    Shavkat Mirziyoyev 7-avgust kuni davlat tashrifi bilan Qozog‘istonga keldi. Ostona xalqaro aeroportida davlat rahbarini Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev kutib oldi. 8-avgust kuni Oqo‘rda qarorgohida Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

    Tashrif dasturiga muvofiq, ikki mamlakat rahbarlarining muzokaralari va prezidentlar raisligida Oliy davlatlararo kengashning birinchi yig‘ilishi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish masalalari, xalqaro va mintaqaviy kun tartibining dolzarb jihatlari ko‘rib chiqiladi.

    Davlat tashrifi arafasida ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining 300 dan ortiq vakillar ishtirokida qo‘shma biznes-forum bo‘lib o‘tdi.

    08.08.2024, 12:48   Izoh (0)   3054
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ostonada Qozog‘iston—O‘zbekiston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi (foto)

    07.08.2024, 15:43

    Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga yetib bordi 

    07.08.2024, 19:15

    O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida iqtisodiy bitim tasdiqlandi

    08.08.2024, 09:55

    Qozog‘istonda Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi (foto)

    08.08.2024, 12:05

    Toshkent viloyatida Damas 6 yoshli bolani urib yubordi 

    08.08.2024, 11:22

    O‘zbekistonda 9-avgust kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

    08.08.2024, 10:25
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    CAFA Nations Cup-2025. O‘zbekiston terma jamoasining raqiblari ma’lum bo‘ldi

    Sport | 3 iyul, 16:47

    Toshkentda tez yordam ko‘chada yurak xuruji bilan yotgan erkak olib ketmagani yuzasidan izoh berildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 16:45

    Italiyalik mexanik dunyodagi eng tor avtomobilni ishlab chiqdi (foto)

    Avto | 3 iyul, 16:25

    O‘zbekistonda dollar yana pastladi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 16:14

    Tohir Sodiqovdan Jonygacha: Xorazmdagi qovun sayliga qaysi yulduzlar tashrif buyuradi?

    O‘zbekiston | 3 iyul, 16:07

    Shavkat Mirziyoyev Fuzuliy shahriga bordi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 16:06

    Ronaldu Diogu Jota va uning ukasining fojiali o‘limiga munosabat bildirdi

    Sport | 3 iyul, 16:01
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.