• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Isroil uzoq tanaffusdan so‘ng Bayrut hududiga zarba berdi

    Isroil armiyasi Qurbon hayiti arafasida Bayrut janubiy chekkasida joylashgan bir nechta obyektlarga aviazarba berdi. Harbiylarning bayonotiga ko‘ra, hujum nishonida “Hizbulloh” harakati tomonidan dron ishlab chiqarishga mo‘ljallangan yerosti inshootlari bo‘lgan.

    Bayrut janubidan tutun ko‘tarilmoqda
    Bayrut janubidan tutun ko‘tarilmoqda
    Foto: Tarmoqdan

    Bu yahudiy davlati tomonidan Livan poytaxti yaqiniga bir oydan ortiq vaqt ichida berilgan ilk zarbadir. U, shuningdek, AQSH vositachiligi bilan o‘tgan yilning noyabr oyida tuzilgan o‘t ochishni to‘xtatish bitimidan beri to‘rtinchisi hisoblanadi.

    Zarba berilishidan avvalroq Isroil tomoni ogohlantirish e’lon qilib, to‘rt manzildagi sakkizta bino nishonga olinishi haqida xabar qildi. 

    Isroil o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvidan so‘ng ham deyarli har kuni Livan janubi va sharqidagi hududlarga hujumlar uyushtirib kelmoqda. Livan tomoni bu hujumlarni sulhga zid deb hisoblaydi.

    Isroilning F-16 samolyoti yuqori aniqlikdagi bombalar bilan havoga ko‘tarilmoqda
    Isroilning F-16 samolyoti yuqori aniqlikdagi bombalar bilan havoga ko‘tarilmoqda
    Foto: Tarmoqdan

    Biroq Isroil rasmiylari zarbalardan murod “Hizbulloh” yana kuch yig‘ishining oldini olish ekanini da’vo qiladi. Ularning fikricha, so‘nggi urush paytida “Hizbulloh” o‘z rahbariyati va qurollarining katta qismini yo‘qotgan.

    “Hizbulloh Eron terrorchi guruhlari yo‘l-yo‘rig‘i va moliyaviy ko‘magida minglab dronlar ishlab chiqarmoqda”, deyiladi Isroil armiyasi bayonotida. 

    Biroq “Hizbulloh” na Isroil hujumiga, na unga qarshi yog‘dirilgan ayblovlarga javoban rasmiy bayonot bermadi.

    Lekin ismini oshkor etmaslik sharti bilan Al-Arabiya telekanaliga izoh bergan tashkilot rasmiysi nishonga olingan hududda dron ishlab chiqarish inshootlari borligi haqidagi da'volarni inkor qilgan.

    “O‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga binoan, agar tomonlarda shikoyat bo‘lsa, uni o‘rganish mexanizmi mavjud. Biroq Isroil, xususan, Netanyaxu mintaqadagi urushni davom ettirmoqchi”, degan u. 

    Mazkur mojaro natijasida 4 000 dan ortiq livanlik halok bo‘lgan, ularning bir necha yuz nafari tinch aholi vakillari edi. Livan hukumati aprel oyida bayonot berib, sulh imzolanganidan beri Isroil zarbalari natijasida yana 190 kishini o‘ldirilgani, shuningdek 485 kishi yaralangani haqida ma’lum qilgan edi.

    “Hizbulloh”ga nisbatan, ichki va xalqaro bosimlar ortib bormoqda. Ayniqsa Suriyada Bashar Asad rejimi ag‘darilgach, vaziyat yanada jiddiylashdi. Boisi tashkilot Erondan muhim ta'minot yo‘lini yo‘qotdi. 

    Bir vaqtlar dunyoda eng qudratli harbiy tashkilot sifatida ko‘rilgan
     
    Bir vaqtlar dunyoda eng qudratli harbiy tashkilot sifatida ko‘rilgan “Hizbulloh” hozir chuqur inqirozni boshdan kechirmoqda
    Foto: Tarmoqdan

    Livan hukumati uni qurollarini topshirishga da’vat qilmoqda. Biroq tashkilot vakillarining aytishicha, ular Isroil aviazarbalarni to‘xtatib, Livan janubida egallab turgan besh nuqtadan chiqib ketsagina qurollarini topshiradi.

    6 iyun, 16:00   Izoh (0)   1876
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Isroil#Livan#Hizbulloh#Bayrut

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ilon Mask Tramp bilan ziddiyatdan so‘ng moliya vaziri bilan mushtlashib ketgan — OAV

    Dunyo | 8 iyun, 10:50

    Polshaning yangi prezidenti Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishiga qarshi chiqdi

    Dunyo | 8 iyun, 10:20

    “Barselona” xorvat futbolchisini Yamal uchun munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda

    Sport | 8 iyun, 09:49

    Qirg‘iziston O‘sh markazidagi Lenin haykalini olib tashladi

    Qirg‘iziston | 8 iyun, 09:40

    Slovakiya bosh vaziri O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi

    O‘zbekiston | 8 iyun, 09:12

    Toshkentning ayrim ko‘chalari velomarafon sabab vaqtincha yopiladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 22:52

    Mark-Andre ter Shtegen “Barselona”dan ketishi mumkin

    Sport | 7 iyun, 22:50

    Shavkat Mirziyoyev va Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif bir-birini Qurbon hayiti bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 21:19
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.