Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola qilamiz.
Taniqli kinorejissor Ayub Shahobiddinov bir muddat tanaffusdan so‘ng “Bahorni quvib” deb nomlangan film suratga olmoqda. Kartinada bosh rollarni Ra’no Shodiyeva va Bahora Arslonova ijro etmoqda.
Aktrisa Bahora Arslonova yangi fotosessiya tashkillashtirdi.
Lola va Konsta ijrosidagi “Sog‘indim” dueti Apple Music va Yandex musiqiy chartlarida birinchilikni egalab kelmoqda.
[telegram_embed_post link=" https://t.me/daryo_lotin/120926"]
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova 2025-yilning fevral oyida yangi konsert dasturini o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi. Konsert 8-27-fevral — 20 kun davom etadi.
Aktrisa Muborak Abdullayeva tez-tez o‘lim haqidagi xabarlarni eshitayotgani haqida gapirib, bolaligidagi ibratli voqeani yozib qoldirdi.
Davron Kabulov insonlar adashishi mumkinligi haqida mulohaza yuritdi. “Biroq bu xususiyat meni insonlar ko‘z o‘ngida yomon shaxsga aylantirmaydi”, deydi “Million” kulgi jamoasi sardori. `
Maryam Tillayeva Yevropa mamlakatlaridan biridan Toshkentga bo‘sh samolyotda qaytgani aks etgan video bilan bo‘lishdi.
Taniqli aktyor Javohir Zokirov o‘g‘li Saidkarimning suratini sahifasiga joyladi.
Munisa Rizayeva homiladorlik uning fe’l-atvorini qanchalik o‘zgartirib yuborgani haqidagi hazilomuz videoni sahifasiga joyladi.
Izoh (0)