• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12857.35
    • RUB163.45
    • EUR14672.81
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Rossiyaning yadroviy qurol tashiydigan samolyotlari saqlanayotgan aerodromlar yalpi hujumga uchradi

    Rossiyaning beshta hududidagi strategik aerodromlarga FPV-dronlar bilan zarba berildi. Frontdan 1 800 km masofada joylashgan Murmanskning Olenya havo bazasi hamda jabhadan 4 400 km uzoqlikdagi Irkutsk viloyatining Belaya aerodromi shular jumlasidan. Hujum nishoni yadroviy triadaning bir qismi hisoblangan, ya’ni ommaviy qirg‘in qurollarini tashishga mo‘ljallangan strategik bombardimonchilar bo‘ldi. Rossiya qo‘mondonligi ulardan Ukrainaga uzoq masofali raketalar uchirishda foydalanib kelardi.

    Tarmoqlarda tarqalayotgan videolarda portlash va tutun tasvirlari aks etgan. Keyinroq dron operatorlari tomonidan yozib olingan kadrlar ham e’lon qilindi. Ulardan eng kami 4 ta Tu-95MS strategik bombardimonchisiga zarba berilganini ko‘rish mumkin. Ushbu modeldagi samolyotlar kamyob bo‘lib, har biri taxminan 60 mln dollarga baholanadi.

    Dron Tu-95MS strategik bombardimonchisiga kelib urilgan lahza
    Dron Tu-95MS strategik bombardimonchisiga kelib urilgan lahza
    Foto: Skrinshot

    Biroq talafotlar shu bilan cheklanmaydi. Keyinroq Ukraina nashrlari xavfsizlik manbalariga tayanib, amaliyot natijasida jami 40 ga yaqin samolyot yo‘q qilingan yoki shikastlangani, umumiy zarar esa 2 mlrd dollarga baholanishi haqida yozib chiqdi. Shuningdek, Tu-90MS strategik bombardimonchisiga qo‘shimcha ravishda Tu-22M3 va A-50 samolyotlari ham nishonga olingani ma’lum qilindi. 

    Mazkur amaliyot Ukraina xavfsizlik xizmati tomonidan “O‘rgimchak to‘ri” deya nomlangan bo‘lib, unda FPV-dronlardan foydalanilgani alohida diqqat tortdi. Boisi bu turdagi uchuvchisiz uchish qurilmalari atigi 5-15 km masofaga parvoz qilishi mumkin. Biroq nisbatan kichik hajmi sabab ularni yashirib o‘tish, garchand murakkab bo‘lsa-da, imkonli hisoblanadi. 

    Voqeadan ko‘p o‘tmay dronlar yuk mashinasidan uchib chiqqani ma’lum bo‘ldi. Keyinroq Murmanskning Olenogorsk shahrida yuk mashinasi haydovchilaridan biri ushlangani, biroq uning o‘zi nima olib ketayotganidan bexabar bo‘lgani haqida xabar qilindi.

    FPV-dron konteynerdan uchib chiqmoqda
    FPV-dron konteynerdan uchib chiqmoqda
    Foto: Skrinshot

    Tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, FPV-dronlarni aerodrom yaqiniga olib borishda foydalanilgan konteyner missiya yakunlanib bo‘lgach o‘zini portlatib yuborgan. Bundan maqsad uchuvchisiz uchish qurilmalarini minglab kilometr masofadan turib boshqarishga imkon bergan texnologiya va boshqa izlarni yashirish bo‘lishi mumkin. 

    Dronlarni tashishda foydalanilgan konteyner yonmoqda
    Foto: Skrinshot

    Rossiya Ukrainaning uzoq masofali kamikadze dronlari tahdidi sabab o‘z strategik aviatsiyasini frontdan minglab kilometr uzoqqa ko‘chirgan edi. Biroq har biri yuzlab million dollar turadigan samolyotlarning atigi 500-1000 dollar turadigan FPV-dronlar bilan yo‘q qilinishi strategik obyektlarning muhofazasi bilan bog‘liq kamchiliklarni ochib beradi. Qolaversa, o‘nlab, ehtimol yuzlab qurollangan dronlarning mamlakat ichida bemalol olib yurilishiga yo‘l qo‘ygan, bunday xavfni vaqtida bartaraf eta olmagan Rossiya Federal xavfsizlik xizmati faoliyatiga ayrim savollar paydo bo‘ladi. 

    Nishonga olingan samolyotlar haqida

    “O‘rgimchak to‘ri” amaliyoti doirasida nishonga olingan Tu-95MS hamda Tu-22M3 strategik bombardimonchilari yadroviy triadaning bir qismi hisoblanadi. Ulardan birinchisi qariyb 60 million, ikkinchisi esa 100 million AQSH dollariga baholanadi.

    Tu-92M3 strategik bombardimonchisi
    Tu-92M3 strategik bombardimonchisi
    Foto: Tarmoqdan

    Biroq gap samolyotlarning narxida emas, balki Rossiyada ularning o‘rnini egallash uchun aktiv yo‘qligida. Boisi ularni ishlab chiqarish allaqachon to‘xtatilgan. Zamonaviy rus harbiy sanoati esa bunday murakkab texnologiyani ishlab chiqarishga ortiq qodir emas. 

    1 iyun, 17:41   Izoh (0)   6864
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Ukraina#Rossiya#Murmansk#dronlar#Tu-95
    Humoyun Tojiddinov

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” dayjesti: 4-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 4 iyun, 23:35

    “Do‘stlik” chegara bojxona postida 12,7 ming dollarni yashirincha olib chiqayotgan yo‘lovchi to‘xtatib qolindi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 23:30

    Jamoat tartibiga qarshi jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxs BAAdan ekstraditsiya qilindi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 23:10

    Dunyoning eng go‘zal 10 nafar ayol tennischilari

    Layfstayl | 4 iyun, 22:55

    Insofsiz raqobat yoxud ko‘chirmakash “Surxon oshpazi”: xorijiy kompaniya shikoyat bilan chiqdi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 22:50

    Samarqandda transformator yonib ketdi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 22:45

    Polshada sobiq maxsus xizmat xodimlari siyosatchilarning telefonlarini tinglashda ayblanib qamoqqa olindi

    Dunyo | 4 iyun, 22:25

    Xovos tumani sobiq hokimi Uchqun Kamolov ozodlikdan mahrum etildi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.