• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12980.16
    • RUB161.63
    • EUR14606.57
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Jizzax

    “Va’da qilganimdek, natijani ‘cho‘tki’ qilib chiqazdim”. Bandlik vazirligi boshqarmasi sobiq xodimi “shaffof” tizimni aldayaptimi?

    Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-noyabrdagi 699-son qaroriga muvofiq, “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida qurilish-pudrat tashkilotlarining elektron reytingi yuritaladi. Qurilish vazirligi mas’ullarining “Daryo”ga bildirishicha, mutasaddi vazirliklar va idoralarning elektron ma’lumotlar bazalari integratsiya qilinishi natijasida tizim inson omilisiz avtomatik ishlaydi. Biroq Bandlik vazirligining Jizzaxdagi boshqarmasida faoliyat yuritgan sobiq xodim “shaffof”ni aldab, daromad topmoqda. Bu haqda tahririyat manbasi ma’lumot berdi. 

    Ma’lum bo‘lishicha, Bandlik boshqarmasida faoliyat yuritgan sobiq xodim quruvchi tashkilotlarga ma’lum bir haq evaziga formula qilib berish orqali “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida qurilish-pudrat tashkilotlari ishchisi sonini sun’iy ravishda oshirib ko‘rsatmoqda. Qo‘shib yozish uchun qayta hisobotlar 2023-yilning fevral oyi oxiri va mart oyi boshlarida kiritilgan. Hisobotlar yanvardan dekabrgacha alohida oyma-oy qayta topshirilgan. 

    Foto: Skrinshot
    Aksariyat korxonalar 2023-yil yanvar oyida amalda ishlagan 50 nafar xodimi uchun 100 million so‘m ish haqi yozgan bo‘lsa, qayta hisobotda yana 100 million so‘m kiritgan. Biroq reyestrda xodimlar soni 2000 nafarga oshgan. Shunda dastlabki ma’lumotdagi summa 2000 nafar ishchiga bo‘linib, maosh 50 ming so‘m qilib ko‘rsatilgan. Formula tuzgich “aqlli” hatto amalda ishlaganlarga ko‘proq ish haqi yozishga ham eringan. Hammasiga standart bir xil oylik ish haqi miqdorini 2000 ga bo‘lib qo‘yaqolgan. Soliq nazoratchisi summa o‘zgarmasa yoki oshsa, reyestrga ahamiyat bermay, biror xatosini to‘g‘rilagandir, deb qayta hisobni qabul qilavergan. Chunki soliq organiga ish haqi hisobi va reyestr alohida yuklanadi. Agar summa kamaysa, keyin ushbu hisobot batafsil tekshiriladi”, — deydi bu haqda “Daryo”ga ma’lum qilgan manba.
    Foto: Skrinshot

    Manbaning bildirishicha, formula tuzib, tizimdagi ma’lumotlarni soxtalashtirayotganlar Jizzax viloyatida quruvchilarga maslahat beruvchi tashkilot tuzib, shu orqali har bir quruvchidan 5 ming dollarga yaqin xizmat haqi olmoqda. 

    Foto: Skrinshot
    Ular quruvchi tashkilotlar ishchisini oshirib ko‘rsatish uchun ishsizlik bo‘yicha yoki nafaqa olish maqsadida bandlik bo‘limlariga murojaat qilayotgan fuqarolarning ma’lumotlarini qo‘lga kiritib, tashkilot ishchisi sifatida ro‘yxatga olgan. Eng qizig‘i, o‘sha insonning o‘zi qurilish tashkilotida ishchi bo‘lib ishlayotganidan bexabar bo‘lgan. Masalan, jizzaxlik Dilshod Mirzayev ana shunday holatga tushgan. Unga 2023-yilning yanvar oyidan 2024-yilning aprel oyiga qadar, ya’ni Dilshod Mirzayevning o‘zi sezib qolgunga qadar quruvchi tashkilotlar ishchisi sifatida ko‘rsatilgan va arzimas maosh yozilib boravergan. Holbuki, Dilshodning o‘zi o‘nlab quruvchi tashkilotlar ishchisi ekanini, nomiga maosh yozilib borayotganini bilmagan, — deydi manba. 
    Foto: Skrinshot

    “Daryo” jurnalisti bilan telefon orqali suhbatda bo‘lgan Dilshod Mirzayev manba ma’lumotlarini tasdiqladi. 

    Yaqinda oylik maoshim yetmayotgani sabab bolalar nafaqasini olish uchun onlayn ariza topshirishga kirishdim. Ne ko‘z bilan ko‘rayki, men 2023-yilning may oylaridan boshlab o‘nlab qurilish tashkilotlarida ishchi sifatida ro‘yxatga olinganman. Qaysidir qurilish tashkiloti 45 ming maosh yozsa, boshqasi uch ming so‘m maosh berganini ma’lum qilgan. Oqibatda men bazada o‘nlab tashkilotlar ishchisi sifatida ko‘rsatilganman va nafaqa olish haqidagi so‘rovim rad etildi, — deydi Dilshod Mirzayev. 
    Foto: Skrinshot

    Suhbatdoshning aytishicha, u o‘nlab tashkilotlardan uch-to‘rttasi bilan gaplashib, ularning ishchisi ekanini, maosh yozishganini aytgan va bu holatga izoh so‘ragan. 

    “Qo‘qon yo‘l qurish-ta’mirlash” MCHJning telefon raqamlarini topib, o‘zim bilan bog‘liq holatga izoh so‘radim. Tashkilotdagilar men haqimda xabarlari yo‘qligini aytishib, javob berishni istashmadi. Holatni izohlashmadi. Qaysi qurilish tashkilotiga qo‘ng‘iroq qilgan bo‘lsa, xuddi shu holat kuzatildi, — deydi u. 

    “Daryo” jurnalistining aniqlashtirishicha, Dilshod Mirzayevni ishchisi sifatida ko‘rsatgan “Qo‘qon yo‘l qurish-ta’mirlash” MCHJ 2023-yilning sentyabr oyida unga 148 335 so‘m maosh yozgan. Shuningdek, avgustda 122 ming so‘m, oktyabrda 107 ming, noyabrda 83 ming, dekabrda esa 72 ming so‘m maosh berganini bildirgan.

    Foto: Skrinshot
    O‘nlab qurilish tashkilotlari menga shu tarzda maosh yozgan. Lekin birortasini ko‘rmaganman, maoshni olmaganman. Bazada shunday ma’lumot ko‘rinib turgani uchun nafaqa ham ololmadim. Bularga qonuniy chora ko‘radigan odam yo‘qmi? — deydi Dilshod Mirzayev. 

    Aniqlashtirilishicha, “Romitan trans yo‘l qurilish” MCHJning 2023-yil 15-fevralda topshirilgan hisobotida 2023-yil yanvar oyi uchun 87 nafar xodimga 338 million so‘m ish haqi aks ettirilgan. 2024-yilning 20-fevraldagi yangilanishda esa 1087 ta xodimga 338 million so‘mga qayta hisobot topshirilgan. 

    Shu tarzda qolgan oylarni ham yopgan. 26-iyundagi yangilanishda yillik ishchilar soni 13044 nafarni tashkil etgan. Bu natija 24 ming nafar ishchim bor, deb hisobot bergan “Fayzli Alimardon” MCHJ ko‘rsatgan natijadan ancha kam, — deydi u. 
    Foto: Skrinshot

    “Daryo” manbasi bilan gaplashgan 5 nafar shunday ishchilarning 2 nafari o‘zini o‘zi band qilgan fuqaro bo‘lib chiqqan. 

    Bu juda jiddiy masala, men besh kishi bilan gaplashganimda, ma’lumotlarni tekshirganimda ularning ikki nafari o‘zini o‘zi band qilgan xodimlar bo‘lib chiqdi. Endi qurilish tashkilotlarining ishchisi sifatida ko‘rsatilayotgan 13 ming nafar odamning ichida kamida 2000 nafari o‘zini o‘zi band qilganlar bo‘lib chiqadi. O‘ziga to‘q quruvchi shaxsiy manfaatini ko‘zlab, bir ikkita obyekt olaman deb, 13637 nafar inson, ya’ni abituriyent, talaba, hamshira, o‘zini o‘zi band qilganlar va hokazolarni o‘zlarining roziligisiz, bildirmay ozgina ish haqi yozishi oqibatida ishchim deb ko‘rsatmoqda. Bu esa kam ta’minlangan yoki arzimagan pulga ishlayotganlarning yordam puli, bola puli, kredit olishi kabi yumushlarida sarson bo‘lishiga, tushunmovchilik kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda. Qolaversa, daromaddan qoldirishi ham mumkin. O‘z-o‘zini band qilganlar soliqqa bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaricha mablag‘ to‘lagan. Ularning roziligisiz arzimagan ish haqi yozilgani uchun soliq bazasida ular ishlayotgan xodim sifatida ko‘rinadi va avtomatik tarzda o‘z-o‘zini band qilgan insonlar ro‘yxatidan chiqariladi. Ular to‘lagan pullariga kuyib qolaveradi, — deydi manba. 

    Farg‘ona viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan “Fayzli Alimardon” MCHJ 2023-yil yanvarda 43 nafar xodimga 33 million so‘mlik hisobot topshirgan. 2024-yilning 27-fevralidagi hisobotda esa 43 nafar ishchiga maoshni 132 million so‘m qilib ko‘rsatib, qayta hisobot topshirgan. Qizig‘i, shu tashkilot 29-fevralda ma’lumotlarini yangilab, yana hisobot topshiryapti va ishchilarini 2000 kishiga o‘zgartirib, maoshini o‘sha-o‘sha 132 million holatida saqlab qolgan.

    Bu holat jamoatchilik, xususan, quruvchilar muhokamasiga sabab bo‘lgach, 2024-yilning 1-iyul kuni hisobotini o‘zgartirib, 43 nafar xodim va 33 million so‘mlik maoshga qaytmoqda. Lekin bu soliq organidan tasdiqlangani yo‘q. Chunki soliqlar kamaygan, uni o‘rganib yoki firma rahbariyati biror tanishiga iltimos qilsa, tasdiqlanishi mumkin. Yanvar tasdiqlanmay turib keyingi fevral—dekabr oylariga qayta hisobot topshirolmaydi. Ba’zi korxonalar ko‘rsatmalarga amal qilmasdan formulaga o‘zgartirish kiritib, soliqni oshirib ham hisobot topshirgan. Surxondaryo viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan “Baxtiyor Termiz baxt” MCHJ yilning barcha oylariga emas, balki oktyabr, noyabr, dekabr oylarigagina qayta hisobot kiritgan. Masalan, 2023-yilning 3-noyabr kuni 2023-yil oktyabr oyi uchun 13 nafar xodimga 12,7 million so‘mlik hisobot topshirgan bo‘lsa, qo‘shib yozilgan qayta hisobotda 13650 nafar ishchi xodimga 40,9 million so‘m ko‘rsatgan. Natijada platformada yillik ishchilar soni 29712 nafarga yetib, maksimal ball olishga erishgan, — deydi “Daryo”ga bu holatni ochiqlayotgan manba. 

    Jizzaxda quruvchilarga maslahat beruvchi tashkilot tuzib, shu orqali har bir quruvchidan 5 ming dollarga yaqin xizmat haqi olayotgani aytilayotgan Sevara Yo‘ldosheva “Daryo” jurnalisti bilan suhbatda Bandlik boshqarmasida ishlaganini tasdiqladi.

    Biz maslahat beruvchi tashkilotmiz. O‘zim uch yil oldin Bandlik boshqarmasida ishlaganman. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan har bir ishchining klassifikatsiya kodi chiqadi. Har bir yo‘nalishniki alohida. Organniki, qurilishniki, tibbiyotniki alohida chiqadi. Direktor yoki rahbar hamma tashkilotda bo‘lishi mumkin, ammo qurilishdagi va sanoatdagi rahbarlarning kodi alohida bo‘ladi. Biz qurilish tashkilotlari taqdim qilgan ma’lumotlar bo‘yicha xodimlarini “taxlab beramiz”, xolos. Siz aytayotgan ishga bizning umuman aloqamiz yo‘q, — deydi Sevara Yo‘ldosheva. 

    Manbaning tahririyatga taqdim etgan audioyozuvida Sevara Yo‘ldoshevaning unga haq to‘lab, xizmat buyurgan quruvchilarga qilgan murojaati eshitilgan. 

    Hurmatli quruvchilar, men judayam xursandman. Allohim yuzimni yorug‘ qildi. Oramizda hamma kimga qanday formula qilib berganimni biladi-ya? Uch ballgacha va’da qilgandim. Sal kam besh ballgacha chiqqan. Yo‘lniki o‘ngacha chiqqan. Yuzim yorug‘ bo‘ldi. Bilasizlarmi, men shu formulani o‘ylab, sal kam bir oygacha uxlamaganman. Sizlar uchun harakat qildim, mehnat qildim. Aytganimdek, eski mezon bo‘yicha bo‘ldi. Nima aytgan bo‘lsam, hamma o‘sha natijaga erishdi, — deydi u.

    Sevara Yo‘ldosheva “Daryo” jurnalistining mazkur audioyozuv bo‘yicha bergan savoliga javob berar ekan, ovoz uniki ekanini, biroq aytgan gaplari noto‘g‘ri talqin qilinayotganini, u hech qanday formula tuzmasligini, tuzilgan formulani yechib berib, quruvchilardan shunga haq olishini ma’lum qildi. 

    O‘zini Dilmurod Temirov deb tanishtirgan quruvchining aytishicha, u 2009-yildan beri yo‘l qurilish bilan shug‘ullanib keladi. “Shaffof” tizimi ishga tushgach, qurilish obyektlarini yutib olishda muammolarga duch kelgan. Shundan so‘ng, o‘zining ta’biri bilan aytganda, “mutaxassislarni joy-joyiga qo‘yish uchun yiliga 12 million so‘m to‘lab, Sevara Yo‘ldosheva xizmatidan foydalangan”. 

    Mutaxassislarni joy-joyiga qo‘yish uchun Sevara Yo‘ldosheva rahbarligidagi maslahat markazi xizmatidan foydalanamiz. Bu kishi taqdim qilgan xodimlarimizni kod bo‘yicha taxlab, ro‘yxatga kiritib beradi. Buning uchun yiliga 12 million so‘m to‘layman, — deydi “Bolta ota UGS” MCHJ rahbari ekanini aytgan quruvchi. 
    Foto: Skrinshot

    Sevara Yo‘ldoshevaga hamrohlik qilib kelgan yana bir quruvchi “Bunyodkor luxe” MCHJ mas’uli Zafar Xudoyorovning aytishicha, ular “shaffof” tizimidagi formulalarni yechishga qiynaladi. Shu sabab Sevara Yo‘ldosheva rahbarligidagi maslahat beruvchi tashkilot xizmatidan foydalanadi. Biroq ishchilari sonini sun’iy ravishda oshirib ko‘rsatmagan. 

    Tizimdagi murakkab formulani biz yecholmaymiz. Shu sabab bu kishining xizmatidan foydalanamiz. Lekin ishchilarimiz sonini ko‘paytirib ko‘rsatmaymiz. Sababi ishchilar sonining ko‘pligi ball oshishiga xizmat qilmaydi, — deydi Zafar Xudoyorov. 
    Foto: Skrinshot

    “Daryo” yuqoridagi holatlardan kelib chiqib, Qurilish vazirligiga savol yo‘lladi. Vazirlik axborot xizmatining mas’ullarga tayanib xabar berishicha, reyting qayta ko‘rib chiqilishi uchun barcha tenderlar to‘xtatilgan. Reyting shartlari yangilangach, hech qanday tender savdolari o‘tkazilmagan. 

    Ana shu holatlarni bartaraf qilish maqsadida hozir yangi mezon ishlab chiqildi. Endilikda mehnat va soliq tizimi orqali tekshirib, xodimlar soni tekshiriladi. Quruvchilar yangi mezon bo‘yicha xodimlarni yuritishi kerak bo‘ladi. 2024-yilning avgust oylarida reytingni yangilaymiz, — deydi vazirlik mas’uli. 

    “Daryo” mavzuga yana qaytadi.

    08.07.2024, 08:43   Izoh (0)   22386
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent YHXBning Yunusoboddagi ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi taʼmirlash uchun vaqtincha yopiladi

    07.07.2024, 22:50

    Toshkentda momaqaldiroq tufayli bir nechta reyslar muqobil aerodromlarga yo‘naltirildi

    07.07.2024, 21:25

    Kuchli yomg‘ir sabab Toshkent shahri va Qoraqalpog‘istonning qator tumanlari “svet”dan uzildi

    07.07.2024, 20:51

    O‘zbekiston besh oyda nechta davlatga to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgani ochiqlandi

    07.07.2024, 19:20

    “Svet”ga to‘lov qilinganda ikki baravar pul hisoblanayotgani aytilgan xabarlarga munosabat bildirildi

    07.07.2024, 18:30

    Surxondaryoda soxta havola yuborib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs aniqlandi

    07.07.2024, 17:45
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Fransiyada hayvonot bog‘ida chaqmoq urishi oqibatida 13 kishi jarohat oldi

    Dunyo | 14 may, 23:55

    “Rossiya-Ukraina mojarosining yakuni butun Yevropa taqdirini hal qiladi” — Fridrix Merts

    Dunyo | 14 may, 23:40

    Robert De Niro “Oltin palma yaprog‘i”ni qo‘lga kiritdi va Donald Trampni tanqid qildi

    Kino | 14 may, 23:25

    Turkiya hukumati Tramp tashrifini 15-mayda emas, balki yaqin kunlarda kutmoqda — OAV

    Dunyo | 14 may, 23:16

    “Daryo” dayjesti: 14-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 14 may, 22:50

    Vaqt sinovidan o‘tgan: bosh rollarni qayta-qayta ishonib topshiriladigan 5 ta kino juftlik

    Layfstayl | 14 may, 22:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.