Prezidentning “Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizning faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Farmon bilan, mamlakatda yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning davlat va jamiyat hayotidagi faolligini oshirish maqsadida o‘zining yuksak azmu shijoatini namoyon etib, turli sohalarda erishgan yutuqlari bilan yurt taraqqiyotiga hissa qo‘shayotgan tashabbuskor va yetakchi yoshlar “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlandi.
- Abdiganiyeva Nadira Abdinazar qizi - Qoraqalpoq davlat universitetining 1-bosqich magistranti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
- Ismoilov Jamshidbek Rashid o‘g‘li - To‘rtko‘l tumanidagi «Navoiy» mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
- Ibroximova Rayyona Nodirbek qizi - Andijon shahridagi 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi, Andijon viloyati
- Rejavaliyev Jamshidbek Jasurbek o‘g‘li - Andijon shahridagi «Wester Group RJ» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Andijon viloyati
- Dehqonova Ruxshona Shuxrat qizi - Buxoro davlat pedagogika institutining 1-bosqich talabasi, Buxoro viloyati
- Tuksanov Parviz Abduraximovich - Buxoro shahridagi «Phoenix Academy» o‘quv markazining SAT imtihoni bo‘yicha tayyorlovchi-mutaxassisi, Buxoro viloyati
- Adilova Farzona Alisher qizi - Jizzax shahri yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i, Jizzax viloyati
- Turdiboyev Akbar Ikrom o‘g‘li - Do‘stlik tumanidagi «Wegroww Tech» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Jizzax viloyati
- Jalilov Abdikarimbek Abdixalil o‘g‘li - «Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi» mas’uliyati cheklangan jamiyatining loyihalar ofisi guruhi mutaxassisi, Qashqadaryo viloyati
- Xodiyeva Sitora Shoxabbos qizi - Qarshi davlat texnika universitetining tayanch doktoranti, Qashqadaryo viloyati
- Aslonov Abror Burxonovich - «Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyatining ammiak ishlab chiqarish sexi smena katta ustasi, Navoiy viloyati
- Maksyutova Alina Xurshidovna - Navoiy shahridagi 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi, Navoiy viloyati
- Axmadaliyeva Niholaxon Foziljon qizi - Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining xalqaro moliya kafedrasi katta o‘qituvchisi, Namangan viloyati
- Mamadaliyev Zaxiriddin Sayfiddin o‘g‘li - Namangan shahridagi «Nightmare Labs» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Namangan viloyati
- Qudratov Shoxrux Odil o‘g‘li - Samarqand shahridagi «Polyglot school» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Samarqand viloyati
- Salimova Maxbuba Xidirbay qizi - Samarqand davlat universitetining 1-bosqich magistranti, Samarqand viloyati
- Abdualimov Alisher Samandar o‘g‘li - Sirdaryo tumanidagi «Sir uni xizmati» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Sirdaryo viloyati
- Jo‘raboyeva Ziyoda Olimjon qizi - Guliston tumanidagi «Ozodbek tuhfasi» fermer xo‘jaligi mexanizatori, Sirdaryo viloyati
- Ismatov Shahzod Baxtiyor o‘g‘li - Termiz shahridagi 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati
- Xakimjonova Sitoraxon Abduqaxor qizi - Sariosiyo tumanidagi «Sitora Profession» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Surxondaryo viloyati
- Mamatqulov Qahramon O‘ktam o‘g‘li - Bekobod shahridagi «Ibrat xos obod» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati
- Sadikova Feruza Ravshanbek qizi - Toshkent viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining taekvondo bo‘yicha murabbiysi
- Maxmudov Saidaxmadxon Saidaxrorxon o‘g‘li - Marg‘ilon shahridagi «Textile Group and Gold» xususiy korxonasi rahbari, Farg‘ona viloyati
- Nabiyeva Sabina Sherzod qizi - Amerika Qo‘shma Shtatlarining Arizona universiteti 3-bosqich talabasi, Farg‘ona viloyati
- Ochilova Maftuna Omonjon qizi - Urganch shahridagi «Nurli hayot» mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi, Xorazm viloyati
- Yusupov Dilshodbek Ulug‘bekovich - Urganch shahridagi «Diip logistech» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Xorazm viloyati
- Quryozova Shohsanam Ozodboy qizi - Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining 2-bosqich talabasi, Toshkent shahri
- Xalikov Sherzod Yakubjanovich - Yashnobod tumanidagi 30-Mehribonlik uyi tarbiyachisi, Toshkent shahri
- Abdixolikov Bobir Alisher o‘g‘li - Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
- Bo‘tayeva Gulasal Toshqul qizi - Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetining 2-bosqich talabasi
- G‘oyibova Orzugul Umarovna - «Ibrat farzandlari» nodavlat notijorat tashkiloti eksperti, «TOP-100 Uni» loyihasi rahbari
- Isroilova Aziza Ilhom qizi - «EPAM Systems» kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi ma’lumot tahlilchisi, dasturchi
- Kambarov Asror Avazovich - «Uzbekistan airways» aksiyadorlik jamiyatining Parvoz xizmati departamenti «A-320» havo kemasi uchuvchisi
- Muxtorov Sardorbek Nuroli o‘g‘li - «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining «O‘zbekiston» lokomotiv deposi «Afrosiyob» yuqori tezyurar elektropoyezdi mashinisti
- Sabirov Nariman Ruslanovich - Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining endoskopiya bo‘limi shifokor-endoskopisti
- Saipova Fotima Dilshod qizi - Velosport bo‘yicha O‘zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi a’zosi
- Toxirjonova Gulruxbegim Alisher qizi - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi a’zosi
Izoh (0)