Daryo

Oʻzbekiston va Serbiya o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatildi

Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Vuchich Strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiyani imzoladi.

1 daqiqa o‘qish2 925 ko‘rishlar0 izoh0

Belgrad shahrida Shavkat Mirziyoyev va Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich o‘rtasidagi muzokaralar yakunida ikki davlat o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya imzolandi.

Davlat rahbarlari huzurida mehnat mobilligi va migratsiya, avtomobil va temiryo‘l transporti, hududlararo hamkorlik, qishloq va suv xo‘jaligi, bojxona, qayta tiklanuvchi energetika, farmatsevtika va biotexnologiyalar, turizm va madaniyat, raqamlashtirish hamda elektron hukumat kabi yo‘nalishlarda hamkorlikka oid hujjatlar almashildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shuningdek, erkin savdo to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha muzokaralarni boshlash uchun ishchi guruh tuzish, O‘rta yo‘lakni qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiy diplomatiya sohalarida hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bundan tashqari, kinematografiya va qo‘shma filmlar ishlab chiqarish, atrof-muhitni muhofaza qilish, mehnat xavfsizligi, nogironligi bo‘lgan shaxslarni himoya qilish hamda 2026–2028-yillarda madaniyat sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha hujjatlar imzolandi. Samarqand viloyati va Voyevodina avtonom o‘lkasi o‘rtasida ham sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida kelishuv tuzildi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar