Daryo

Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga bordi

Nikola Tesla nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonlarni Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich va uning rafiqasi kutib oldi.

1 daqiqa o‘qish4 353 ko‘rishlar0 izoh0

Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga rasmiy tashrif bilan Belgrad shahriga bordi.

Serbiya havo hududida O‘zbekiston yetakchisining samoletiga mezbon mamlakat Harbiy havo kuchlarining qiruvchi uchoqlari hamrohlik qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Nikola Tesla nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonlarni Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich va uning rafiqasi kutib oldi. Ikki mamlakatning davlat bayroqlari ko‘tarilib, Faxriy qorovul saf tortdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Tashrifning asosiy tadbirlari ertaga boshlanadi. Dasturga muvofiq, O‘zbekiston—Serbiya oliy darajadagi muzokaralari hamda ikki mamlakat rasmiylari va ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes forumi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ularning yakunlari bo‘yicha ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plamini qabul qilish ko‘zda tutilgan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar