Daryo

Serbiyada Shavkat Mirziyoyevni tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi (foto)

Belgraddagi Serbiya saroyida bo‘lib o‘tgan marosimda faxriy qorovul saf tortdi, ikki davlat davlat madhiyalari yangradi. Artilleriya to‘plaridan 10 marta o‘q uzilib, tantanali salyut berildi.

1 daqiqa o‘qish4 204 ko‘rishlar0 izoh0

Belgraddagi Serbiya saroyida 8-sentyabr kuni Shavkat Mirziyoyevni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich ushbu mamlakatga rasmiy tashrifini amalga oshirayotgan Shavkat Mirziyoyevni qarshi oldi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Harbiy orkestr ijrosida O‘zbekiston va Serbiya davlat madhiyalari yangradi, artilleriya to‘plaridan 10 marta o‘q uzilib, tantanali salyut berildi.

Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladi. Birgalikda suratga tushilgandan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Tantanali kutib olish marosimidan lavhalar

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev 7-sentyabr kuni rafiqasi hamrohligida rasmiy tashrif bilan Belgrad shahriga borgandi. Serbiya havo hududida O‘zbekiston yetakchisining samolyotiga mezbon mamlakat Harbiy havo kuchlarining qiruvchi uchoqlari hamrohlik qildi. Nikola Tesla nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonlarni Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich va uning rafiqasi kutib oldi.

Shu kuni Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Belgrad shahrida davlat rahbarining Serbiyaga tashrifi munosabati bilan tashkil etilgan rasmiy qabul marosimida ishtirok etdi.

Belgrad shahriga tashrif doirasida oliy darajadagi muzokaralar hamda ikki mamlakat rasmiylari va ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes forumi oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Oʻzbekiston–Serbiya koʻp qirrali hamkorligini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari koʻrib chiqiladi. Sammit yakunlari boʻyicha salmoqli hujjatlar toʻplamini qabul qilish rejalashtirilgan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar