Daryo

Toshkentdan Yekaterinburgga uchgan samolyot Ostonaga qo‘ndi

Bunga Yekaterinburg aeroportida joriy etilgan cheklovlar sabab bo‘lgan.

1 daqiqa o‘qish23 701 ko‘rishlar0 izoh10

Yekaterinburg aeroportidagi cheklovlar sababli Toshkent—Yekaterinburg yo‘nalishidagi qatnov Ostonadagi zaxira aeroportiga yo‘naltirildi. Bu haqda Uzbekistan Airways axborot xizmati xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 25-iyul kuni Toshkent—Yekaterinburg yo‘nalishida harakatlanayotgan HY9661 reysi Yekaterinburg shahridagi aeroportda joriy etilgan cheklovlar munosabati bilan Qozog‘istonning Ostona shahridagi zaxira aeroportiga qo‘nishga majbur bo‘lgan.

Shu munosabat bilan Toshkent—Yekaterinburg—Toshkent yo‘nalishidagi HY9661/9662 qatnovlari o‘zgartirilgan harakat jadvali asosida amalga oshiriladi: (vaqtlar mahalliy vaqt bilan ko‘rsatilgan)

  • HY9661 qatnovi: Ostonadan jo‘nab ketish soat 13:30 da, Yekaterinburgga yetib borish soat 15:00 da;
  • HY9662 qatnovi: Yekaterinburgdan jo‘nab ketish soat 16:00 da, Toshkentga yetib borish soat 18:50 da.

Avvalroq Rossiyada boshlangan yonilg‘i tanqisligi muammosi chuqurlashgani, benzin va dizeldan so‘ng endi fuqaro aviatsiyasi ham kerosin topishga qiynalayotgani xabar qilingandi. Ayrim aviakompaniyalarga Sankt Peterburg, Yekaterinburg, Ufa va boshqa shaharlardagi aeroportlarda yonilg‘i quyish imkonsizligi haqida ogohlantirish berilgan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Xalqaro jurnalistika yo‘nalishi talabasiman. “Daryo”da 2025-yilning avgust oyidan buyon ishlayman. Xabarlar yozaman. Sevimli kitobim Jek Londonning “Martin Iden” asari. Har yili Andrey Tarkovskiyning “Nostalghia” filmini kamida bir marta qayta ko‘raman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar