Daryo

Germaniyada quyon sabab uchta samolyot aeroportga qo‘nolmadi

Ikkita samolyot havoda yarim soat aylanib turdi, yana biri esa boshqa aeroportga yo‘naltirildi.

1 daqiqa o‘qish3 137 ko‘rishlar0 izoh1

Germaniyaning Drezden aeroportida quyon sababli uchta samolyot havoda kutib turishga majbur bo‘ldi. Bu haqda Bild xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, aeroportning uchish-qo‘nish yo‘lagida o‘lik quyon aniqlangan. Bu ikki yo‘lovchi samolyotining yarim soat uning atrofida havoda aylanib turishiga, yana birining esa boshqa aeroportga yo‘naltirilishiga sabab bo‘lgan. Xususan, Gannover shahridan kelgan Cessna samolyoti va Barselonadan (Ispaniya) kelgan Airbus A321 yo‘lovchi samolyoti aeroportga o‘z vaqtida qo‘na olmagan. Yana bir muntazam reys esa Leypsig shahriga yo‘naltirilgan.

Quyon 12-iyul kuni soat 20:00 atrofida, aynan samolyot yerga qo‘nayotgan paytda yo‘lakka yugurib chiqqan. Hayvon nobud bo‘lgan, biroq havo kemasiga hech qanday zarar yetmagan va u keyinchalik parvozini davom ettirgan. Ushbu hodisa avtomatik ravishda majburiy xavfsizlik protokolini ishga tushirgan.

“Hodisa sodir bo‘lganidan so‘ng mutaxassislar yo‘lakda yot narsalar bor-yo‘qligini tekshirishga majbur bo‘ldi”, deyiladi xabarda.

Aeroport va o‘t o‘chirish xizmati xodimlari hayvon qoldiqlarini olib tashlab, yo‘lakni qon izlaridan tozalagan. Shu sababli uchish-qo‘nish yo‘lagi soat 20:10 dan 20:40 gacha yopilgan. Tekshiruv yakunlangach, yo‘lak qayta ochilgan va aeroport faoliyati odatdagi tartibga qaytgan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar