Daryo

AQSH JCHda o‘ziga xos natija qayd etdi

Mundial mezbonlari 1/16 final bosqichida Bosniya va Gersegovina jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etdi.

1 daqiqa o‘qish4 962 ko‘rishlar0 izoh1

JCH-2026 musobaqasining 1/16 final bosqichidan o‘rin olgan AQSH hamda Bosniya va Gersegovina milliy jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi. Kaliforniya shtatining Santa-Klara shahridagi “Levi’s” stadionida bo‘lib o‘tgan mazkur o‘yinda turnir mezbonlari 2:0 hisobida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

O‘yinning 45-daqiqasida amerikaliklar hujumchisi Folarin Balogun hisobni ochdi. Shu tariqa, AQSH milliy jamoasi Jahon chempionatlaridagi qatorasiga to‘rtinchi o‘yinda birinchi taymning o‘zidayoq raqib darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi. Bu amerikaliklar uchun o‘ziga xos yangi rekord hisoblanadi.

E’tiborlisi shundaki, ikkinchi taym o‘rtalarida Balogun qo‘pol harakati tufayli qizil kartochka olib, maydonni erta tark etishga majbur bo‘ldi. Shunga qaramay, bir kishi kam bo‘lib o‘ynagan mezbonlar 80-daqiqada yarim himoyachi Malik Tillman tomonidan jarima zarbasidan kiritilgan gol evaziga yakuniy natijani o‘rnatdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng AQSH milliy jamoasi musobaqaning 1/8 finaliga yo‘llanma oldi va u yerda Belgiya milliy jamoasi bilan kuch sinashadi. Mazkur uchrashuv 7-iyul kuni (Toshkent vaqti bilan soat 05:00 da) bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar