Daryo

JCH—2026. AQSH Paragvayni ishonchli hisobda mag‘lub etdi

1-turidan o‘rin olgan uchrashuvda 5 ta gol urildi.

1 daqiqa o‘qish9 995 ko‘rishlar0 izoh3

2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatining guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan AQSH va Paragvay terma jamoalari o‘rtasidagi bahs nihoyasiga yetdi. “SoFi” stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar ishonchli hisobda g‘alaba qozondi — 4:1.

O‘yinning 7-daqiqasida paragvayliklar futbolchisi Damian Bobadilla o‘z darvozasiga to‘p kiritib qo‘ydi. Natijada, amerikaliklar oldinga chiqib oldi. Birinchi bo‘limning 31 hamda 45+5-daqiqalariga kelib, mezbonlar vakili Folarin Balogun dubl qayd etib, hisobni yiriklashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Uchrashuvning 73-daqiqasida Paragvay terma jamoasi a’zosi Maurisio gol urib, oradagi farqni qisqartirdi. Ammo o‘yin yakuniga yaqin AQSH hisobni yana yiriklashtirdi. Gol muallifi — Jovanni Reyna. 

Ushbu natijadan so‘ng AQSH terma jamoasi o‘z hisobiga 3 ochko yozdirib qo‘ydi va “D” guruhida peshqadamga aylandi. Paragvay esa hozircha ochkosiz qolmoqda. Guruhdagi ikkinchi o‘yin esa 14-iyun tongida bo‘lib o‘tadi. Unda Turkiya terma jamoasi Avstraliya bilan kuch sinashadi. 

Jahon chempionati
“D” guruhi, 1-tur

AQSH — Paragvay 4:1
Gollar:
1:0 — Bobadilla (7, avtogol), 2:0 — Balogun (31), 3:0 — Balogun (45+5), 3:1 — Maurisio (73), 4:1 — Reyna

Eslatib o‘tamiz, futbol bo‘yicha jahon chempionati 11-iyundan 19-iyulgacha AQSH, Kanada va Meksika yashil maydonlarida bo‘lib o‘tadi. Musobaqaning amaldagi chempioni — Argentina terma jamoasi hisoblanadi. 2022-yilgi mundial finalida argentinaliklar Fransiya bilan kuch sinashib, penaltilar seriyasida (4:2) g‘alaba qozongan edi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar