AQSH prezidenti Donald Tramp Jahon chempionati doirasida Los Anjelesda bo‘lib o‘tadigan AQSH va Paragvay terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvga tashrif buyurmaydi. Bu haqda Politico nashri xabar bermoqda.
Dunyodagi eng yirik sport musobaqasi mezbonlaridan biri bo‘lgan AQSH turnirdagi ishtirokini boshlayotgan bir paytda, mamlakat rahbarining o‘yinda qatnashmasligi e’tiborga molik holat sifatida baholanmoqda. Davlat departamentining ma’lum qilishicha, Trampning o‘rniga AQSH rasmiy delegatsiyasiga davlat kotibi Marko Rubio boshchilik qiladi.
Shu bilan birga, Paragvay rahbari o‘z terma jamoasini qo‘llab-quvvatlash uchun stadionda kelishi kutilmoqda. Santyago Penya to‘rt kunlik tashrif bilan payshanba kuni Los Anjelesga yetib kelishi va juma kungi o‘yinni bevosita arenadan kuzatishi ma’lum qilingan.
Ma’lumot uchun, mezbonlardan biri sanalgan AQSH terma jamoasi JCH—2026 dagi dastlabki o‘yinini 13-iyun kuni Paragvayga qarshi o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 11-iyun kuni start olgan Jahon chempionati 19-iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksika yashil maydonlarida bo‘lib o‘tadi. Turnirning guruh bosqichi 27-iyunga qadar davom etadi va unda har bir jamoa uchtadan uchrashuv o‘tkazishi belgilangan.








