Daryo

JCH-2026: Chorak finalning barcha juftliklari va uchrashuvlarning boshlanish vaqti ma’lum bo‘ldi

AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘layotgan Jahon chempionatining 1/8 final bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi.

1 daqiqa o‘qish21 662 ko‘rishlar0 izoh6

2026-yilgi Jahon chempionatining 1/8 final bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi. Turnirning chorak final bosqichida ishtirok etuvchi barcha jamoalar va juftliklar nomi, shuningdek, uchrashuvlarning boshlanish sanasi hamda vaqti ma’lum bo‘ldi.

Quyida JCH-2026 1/4 final bosqichi uchrashuvlarining to‘liq taqvimi bilan tanishishingiz mumkin (o‘yinlar Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan):

10-iyul
01:00. Fransiya — Marokash

11-iyul
00:00. Belgiya — Ispaniya

12-iyul
02:00. Angliya — Norvegiya
06:00. Argentina — Shveysariya

Ma’lumot o‘rnida, 2026-yilgi Jahon chempionati 11-iyundan 19-iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksika yashil maydonlarida bo‘lib o‘tmoqda. Tarixda ilk bor mundialning final bosqichida 48 ta milliy jamoa ishtirok etdi. Amaldagi Jahon chempioni — Argentina milliy jamoasi hisoblanadi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar