Daryo

AQSH rasmiylari Argentina FA ustidan moliyaviy firibgarlik ishi bo‘yicha tergov boshladi

Argentinalik tadbirkor Xavyer Faroni va uning rafiqasi Erika Jillett assotsiatsiyaga tegishli bo‘lgan kamida 260 million dollar mablag‘ni Amerikaning beshta bankidagi hisobraqamlari orqali turli shubhali kompaniyalarga o‘tkazib kelgan.

1 daqiqa o‘qish13 826 ko‘rishlar0 izoh7

AQSH Federal qidiruv byurosi (FQB) va Adliya vazirligi Argentina futbol assotsiatsiyasidagi (AFA) moliyaviy firibgarliklar ishi yuzasidan tergov olib bormoqda. Bu haqda La Nacion nashriga tayanib Championat xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ayni paytda AQSHda o‘tkazilayotgan Jahon chempionati fonida FQB agentlari AFAning Qo‘shma Shtatlardagi faoliyatini tahlil qilmoqda. Xususan, yuz millionlab dollarlik mablag‘lar Amerika moliya tizimi orqali qanday o‘tkazilgani hamda ushbu moliyaviy operatsiyalarda jinoyat alomatlari bor-yo‘qligi jiddiy tekshirilmoqda.

La Nacion nashriga taqdim etilgan hujjatlarga ko‘ra, argentinalik tadbirkor Xavyer Faroni va uning rafiqasi Erika Jillett assotsiatsiyaga tegishli bo‘lgan kamida 260 million dollar mablag‘ni Amerikaning beshta bankidagi hisobraqamlari orqali turli shubhali kompaniyalarga o‘tkazib kelgan. Qayd etilishicha, ushbu yirik mablag‘larni qabul qilib olgan kompaniyalar amalda hech qanday xizmat ko‘rsatmagan.

Ma’lumot uchun, Amerika rasmiylarining AFA moliyaviy faoliyatiga bo‘lgan qiziqishi 2024-yilning sentyabr oyidayoq paydo bo‘lgan edi. 2025-yilda esa Qo‘shma Shtatlarda mazkur holat yuzasidan dastlabki tekshiruv ishlari boshlab yuborilgan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar