Daryo

JCH—2026: Mexikoda ochilish o‘yini tadbirlarida yarim million kishi ishtirok etdi

Mexiko jamoat xavfsizligi vazirligi Jahon chempionati—2026 ning birinchi kuni yakunlari bo‘yicha rasmiy hisobot e’lon qildi.

1 daqiqa o‘qish6 025 ko‘rishlar0 izoh1

Mexiko jamoat xavfsizligi vazirligi Jahon chempionati—2026 ning birinchi kuni yakunlari bo‘yicha rasmiy hisobot e’lon qildi. Unga ko‘ra, mundial startiga bag‘ishlangan ommaviy tadbirlarda jami 500 mingga yaqin kishi (mahalliy aholi va sayyohlar) ishtirok etgan.

Qayd etilishicha, JCH—2026 ning ochilish marosimi va dastlabki o‘yiniga mezbonlik qilgan “Atsteka” stadioniga 80 ming kishi bevosita tashrif buyurgan. Shaharning markaziy maydoni — Sokalodagi rasmiy fan-zonada esa 100 ming atrofida ishqiboz jam bo‘lgan. Mustaqillik farishtasi monumenti yonida tashkil etilgan yana bir fan-zona hududida 120 ming kishi yig‘ilgani ma’lum qilingan.

Shuningdek, Mexiko shahri bo‘ylab o‘tkazilgan turli futbol festivallarida yana 200 ming atrofida tomoshabin qatnashgan.

AQSH, Kanada va Meksikada o‘tayotgan Jahon chempionati 19-iyul kuni yakunlanadi. Turnir tarixida ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirok etmoqda. Jamoalar 12 guruhga bo‘lingan bo‘lib, har bir guruhdan eng yaxshi ikki jamoa hamda uchinchi o‘rinni egallagan sakkizta eng yaxshi terma jamoalar 1/16 final bosqichiga yo‘l oladi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar