AQSH prezidenti Donald Tramp joriy yilning yozida bo‘lib o‘tgan futbol bo‘yicha JCH—2026 turniri davlatga qancha daromad keltirganini ochiqladi.
Trampning ma’lum qilishicha, ushbu yirik sport musobaqasi mamlakat iqtisodiyotiga 18 milliard dollardan ortiq foyda keltirgan. Shuningdek, uning ta’kidlashicha, turnir ko‘plab yangi ish o‘rinlari yaratilishiga ham xizmat qilgan.
“Faqatgina FIFA Jahon chempionatining o‘zi iqtisodiyotimizga 18 milliard dollardan ziyod daromad keltirdi va 160 mingdan ortiq kishini ish bilan ta’minladi”, deb yozdi Tramp o‘zining Truth Social tarmog‘idagi sahifasida.
Ma’lumot uchun, Jahon chempionati o‘yinlariga AQSH, Meksika hamda Kanada davlatlari mezbonlik qildi. Musobaqa bahslari 11-iyundan 19-iyulga qadar bo‘lib o‘tdi. Turnirda Ispaniya terma jamoasi chempionlikni qo‘lga kiritdi. “Qizil furiya” hal qiluvchi final bahsida Argentinani 1:0 hisobida mag‘lub etdi.








