Daryo

Toshkent shahar hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Obidjon Mo‘minov poytaxtning uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasiga javobgar bo‘ladi.

1 daqiqa o‘qish6 192 ko‘rishlar0 izoh0

Obidjon Mo‘minov 17-aprel kuni Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari — Uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.

Tayinlovga qadar u Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida Ko‘p xonadonli uy-joy fondini boshqarish va ekspluatatsiya qilish tizimini muvofiqlashtirish hamda renovatsiya loyihalarini umumlashtirish departamenti boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Obidjon Mo‘minov 1987-yilda Navoiy viloyatida tug‘ilgan. 2013-yilda Navoiy davlat pedagogika institutini, 2024-yilda esa Rossiya prezidenti huzuridagi Rossiya xalq xo‘jaligi va davlat xizmati akademiyasi Davlat boshqaruvi oliy maktabini (magistratura) tamomlagan.

Prezidentning 2026-yil fevraldagi qarori bilan Toshkent shahri boshqaruv tuzilmasiga o‘zgartirish kiritilib, poytaxt hokimligida hokim o‘rinbosari — Uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimi joriy etilgandi. Qarorga ko‘ra, mazkur lavozim uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘linmalaridagi boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni doirasida tashkil etiladi. Yangi o‘rinbosarga hujjatda bosh muhandislarga berilgan barcha huquq va vakolatlar tatbiq etiladi.

Shuningdek, ushbu rahbar poytaxtdagi ko‘p kvartirali uylarni ekspluatatsiya qilish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini ta’mirlash, shuningdek, aholiga ko‘rsatiladigan kommunal xizmatlar sifatini nazorat qilish uchun shaxsan mas’ul etib belgilandi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar