Oybek Ashurov Surxondaryo viloyati hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
U 1988-yilda Sherobod tumanida tug‘ilgan. 2011-yilda Respublika Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan bo‘lib, mutaxassisligi huquqshunos hisoblanadi. Shuningdek, 3-darajali xizmatchi malaka darajasiga ega.
Mehnat faoliyati davomida u Sherobod va Sho‘rchi tumanlari hokimliklarida turli lavozimlarda ishlagan. Xususan, hokim o‘rinbosari vazifasida faoliyat yuritgan, keyinchalik Surxondaryo viloyati hokimligi Ijro nazorati bo‘limiga rahbarlik qilgan.
Oybek Ashurov 2026-yil 29-yanvar kunidan beri Surxondaryo viloyati hokimligi Ijro apparati rahbari lavozimida ishlab kelayotgandi. Viloyat hokimining avvalgi o‘rinbosari Ilhom Saparov esa Jarqo‘rg‘on tumani hokimi etib tayinlangan.








