Azizxon Shavkatov Toshkent shahar hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda 11-mart kuni poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tayinlovga qadar u 2023-yildan buyon Toshkent shahar Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Toshkent shahar hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida 2024-yil iyunidan buyon Sanjar Tadjiyev ishlab kelayotgandi. Undan avval ushbu lavozimda Faxriddin Davrukov faoliyat yuritgan.








