Daryo

Buxoroda ishsizlik va kambag‘allik 2 foizgacha tushiriladi

Prezident rahbarligidagi yig‘ilishda hududda 381,5 ming aholini daromadli qilish va bir qator shahar-tumanlarni kambag‘allikdan xoli hududlarga aylantirish rejalashtirilayotgani ma’lum qilindi.

1 daqiqa o‘qish2 975 ko‘rishlar0 izoh0

Buxoro viloyatida ishsizlik va kambag‘allik darajasini keskin qisqartirib, 2026-yilda ularni 2 foizgacha tushirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligida 2-aprel kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Yig‘ilishda viloyatda amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi, hududning iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish va kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Buxoro sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmatlar va turizm yo‘nalishlarida katta imkoniyatlarga ega bo‘lib, hududda yirik neft-gaz kimyo korxonalari faoliyat yuritmoqda, yana biri qurilmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shuningdek, qiymati 5,2 milliard dollarlik, umumiy quvvati 4,5 gigavattga teng 10 ta yirik quyosh va shamol elektr stansiyalari qurilishi jadal davom etmoqda. 2025-yilda hududiy yalpi mahsulot 7,2 foizga oshib, 86,6 trillion so‘mga yetgan, sanoatda 7,1 foiz, qishloq xo‘jaligida 4,3 foiz, xizmatlar sohasida esa 14 foiz o‘sish qayd etilgan.

Yig‘ilishda 2026-yil uchun asosiy ko‘rsatkichlar ham belgilandi. Xususan, yalpi hududiy mahsulotni 102,1 trillion so‘mga yetkazish, 9,1 foizlik o‘sishga erishish, sanoatni 9,1 foizga, qishloq xo‘jaligini 5,9 foizga, xizmatlar hajmini esa 20,1 foizga oshirish vazifalari qo‘yildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shu bilan birga, 381,5 ming nafar aholini daromadli qilish hamda Buxoro va Kogon shaharlari, Olot, Peshku, Qorako‘l, Shofirkon, G‘ijduvon va Qorovulbozor tumanlarini ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududlarga aylantirish bo‘yicha manzilli choralar amalga oshirilishi qayd etildi.

Navoiydanman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining Internet jurnalistika yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2026-yildan buyon Mahalliy xabarlar boʻlimida muharrir sifatida faoliyat yuritib, yangiliklar va jamlanmalar yozaman. Zemekisning “Forrest Gamp” filmini 20 martadan koʻproq tomosha qilganman. Kafkaning “Qalʼa” romanini qayta-qayta oʻqiyman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar