Daryo

FIFA prezidenti Eronning JCHdagi ishtiroki bo‘yicha bayonot berdi

Tashkilot rahbari murakkab geosiyosiy vaziyatda unga ta’sir o‘tkazish imkonsiz ekanini aytib o‘tgan.

1 daqiqa o‘qish4 152 ko‘rishlar0 izoh2

FIFA prezidenti Janni Infantino Eron terma jamoasining AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatidagi ishtiroki borasida to‘xtalib o‘tdi.

“Biz Eron jamoasi qanday qiyin vaziyatda ekanini yaxshi tushunib turibmiz va voqelikni xolis baholaymiz. Shunga qaramay, ishlashda davom etamiz va ularning Jahon chempionatidagi o‘yinlari maksimal darajada qulay sharoitlarda o‘tishi uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz. Hech qanday muqobil rejalar mavjud emas, faqatgina “A” rejasi bor xolos”, deydi Infantino.

Tashkilot rahbari murakkab geosiyosiy vaziyatda unga ta’sir o‘tkazish imkonsiz ekanini aytib o‘tgan:

“Biz murakkab geosiyosiy vaziyatda yashayapmiz va unga ta’sir o‘tkazish bizning qo‘limizda emas. Biroq biz odamlarni birlashtirishga, birdamlikni his qilish imkonini berishga hamda tinchlik va bayram muhitini yaratishga qodirmiz”.

FIFA prezidenti, shuningdek, Eron terma jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionatidagi o‘rnini muddatidan oldin va sport tamoyillariga ko‘ra qo‘lga kiritiganini, shu sababli xalqaro futbol tashkiloti ushbu natijaga hurmat bilan munosabatda bo‘lish niyatida ekanini alohida ta’kidladi.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar