Daryo

Eron terma jamoasi murabbiylar shtabiga AQSH vizasi berilmadi

Mamlakat buni qasddan amalga oshirilgan kamsituvchi munosabat sifatida baholadi.

1 daqiqa o‘qish10 193 ko‘rishlar0 izoh1

Eron terma jamoasi delegatsiyasining bir qismi, jumladan murabbiylar shtabi vakillari 2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati oldidan AQSH vizasini ololmadi. Bu haqda mamlakatning Turkiyadagi Eron elchixonasi bayonot berdi.

3-iyun kuni Eronning Turkiyadagi elchisi Muhammad Hasan Habibullohzoda terma jamoa futbolchilari mundialda ishtirok etish uchun vizalar olganini ma’lum qilgan edi. 6-iyun kuni esa AQSHning Turkiyadagi elchisi Tom Barrak Eron terma jamoasi futbolchilari va yordamchi xodimlariga ham vizalar berilganini bildirdi.

Biroq Eron elchixonasi bu bayonotni rad etib, delegatsiyaning muhim qismi viza ololmaganini ta’kidladi.

“Nega terma jamoa rahbariyatining katta qismi, murabbiylar shtabi a’zolari, texnik maslahatchilar va milliy jamoaning ajralmas qismi bo‘lgan boshqa shaxslarga viza berilmagani haqida gapirmayapsiz?” deyiladi elchixona bayonotida.

Eron tomoni buni qasddan amalga oshirilgan kamsituvchi munosabatning eng yuqori darajasi deb baholagan.

Eron terma jamoasi guruh bosqichidagi uchala uchrashuvini ham AQSHda o‘tkazishi kerak. Jamoa Belgiya, Misr va Yangi Zelandiya bilan bir guruhdan joy olgan.

24-may kuni FIFA Eron terma jamoasining Jahon chempionatidagi bazasini AQSHdan Meksikaga ko‘chirishga ruxsat bergan edi.

2026-yilgi Jahon chempionati 11-iyundan 19-iyulgacha AQSh, Meksika va Kanadada bo‘lib o‘tadi. Musobaqa tarixida ilk bor unda 48 ta terma jamoa ishtirok etadi.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar