Daryo

“Bavariya” va “Barselona” Messi uchun kurashmoqda — TransferFeed

Shuningdek, “Chelsi” ham futbolchining atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib turibdi.

1 daqiqa o‘qish10 583 ko‘rishlar0 izoh2

Fransiyaning “Strasburg” klubiga tegishli bo‘lgan va hozirda ijara asosida Saudiya Arabistonining “Neom” jamoasida to‘p surayotgan Rayan Messi Yevropa grandlari e’tiboriga tushdi. 18 yoshli vingerning xizmatlariga “Barselona”, “Bavariya” va “PSJ” kabi klublar jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Biroq bu transferga “Chelsi” to‘sqinlik qilishi mumkin. Gap shundaki, “Strasburg” va “Chelsi” klublari bitta xo‘jayinga tegishli. Shu sababli, London klubi iqtidorli futbolchini o‘z loyihasining muhim qismi deb hisoblamoqda va uni boshqa jamoaga o‘tmasligi uchun transfer jarayonini tezlashtirishni rejalashtirgan.

Ma’lumot uchun, joriy mavsum Rayan Messi barcha turnirlar doirasida jami 22 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 ta gol va bitta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. U 2026-yilning yoziga qadar “Neom” safida to‘p tepadi. Shundan keyin Fransiyaga qaytishi kutilmoqda. Uning “Strasburg” bilan amaldagi shartnomasi 2030-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali vingerning qiymatini 1 million yevroga baholamoqda.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar