“Chelsi” klubi yarim himoyachisi Koul Palmer jamoaning hozirgi holati hamda o‘yin taktikasi o‘zgarganidan norozi. The Sun nashrining ma’lum qilishicha, 23 yoshli futbolchi yozgi transfer oynasi vaqtida boshqa klublarning takliflarini ko‘rib chiqishga tayyor.
Manbaning ta’kidlashicha, jamoaning yangi taktik sxemasi Palmerning maydondagi erkinligini cheklab qo‘ymoqda. Hozirda ingliz futbolchisiga “Manchester Yunayted”, “Real Madrid” va “Bavariya” kabi klublar qiziqish bildirmoqda.
Palmerning London klubi bilan shartnomasi 2033-yilga qadar amal qilsa-da, jamoaning Chempionlar Ligasiga yo‘llanma olish imkoniyati pasayib borayotgani uning klubda qolish qaroriga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bundan tashqari, futbolchining o‘zi tug‘ilib o‘sgan Manchester shahriga qaytish istagi borligi ham aytilmoqda.
Ma’lumot uchun, joriy mavsum Koul Palmer barcha musobaqalar doirasida jami 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 10 ta gol va 3 ta assist yozdirib qo‘ygan. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 110 million yevroga baholamoqda.








