Daryo

“PSJ” “Barselona” hamda “Bavariya”ning natijasini takrorladi

Parijliklar 17-dekabr kuni “PSJ” Qit’alararo kubok finalida Braziliyaning “Flamengo” jamoasini mag‘lub etib, bir kalendar yil ichida oltinchi sovrinini qo‘lga kiritdi.

1 daqiqa o‘qish3 860 ko‘rishlar0 izoh0

Fransiyaning “PSJ” klubi XXI asrda bir kalendar yil ichida olti sovrinni qo‘lga kiritgan uchinchi jamoa bo‘ldi. Bu haqda Squawka nashri xabar berdi.

Parijliklar 2025-yil davomida Fransiya Superkubogi–2024, Fransiya chempionati, Fransiya kubogi, Chempionlar Ligasi, Yevropa Superkubogi hamda Qit’alararo kubokni qo‘lga kiritdi. Bungacha XXI asrda bunday natijaga faqat ikki jamoa erishgan edi.

2009-yilda “Barselona” La Liga, Ispaniya kubogi, Ispaniya Superkubogi, Chempionlar Ligasi, Yevropa Superkubogi va klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida g‘olib chiqqan.

2020-yilda esa “Bavariya” Bundesliga, Germaniya kubogi, Germaniya Superkubogi, Chempionlar Ligasi, Yevropa Superkubogi hamda klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatini yutib, ushbu natijani takrorlagan.

Ma’lumot uchun, 17-dekabr, chorshanba kuni “PSJ” Qit’alararo kubok finalida Braziliyaning “Flamengo” jamoasi bilan bahs olib bordi. Asosiy vaqt 1:1 hisobida yakunlandi, penaltilar seriyasida esa parijliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar