Daryo

Toshkent shahri hokimiga o‘rinbosarlar tayinlandi

Prezident administratsiyasida ishlagan Baxtiyor Xaydarov hokimning birinchi o‘rinbosari bo‘ldi

1 daqiqa o‘qish14 770 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent shahri hokimiga ikki nafar o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Baxtiyor Xaydarov hokimning moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

U tayinlovga qadar Prezident administratsiyasi Ijtimoiy sohada muhim tashabbuslarni ishlab chiqish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Sanjar Tadjiyev poytaxt hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Shu kunga qadar The Mob MCHJ da bosh direktor lavozimida ishlagan.

3-iyun kuni prezident raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Toshkent shahri hokimining turizm masalalari bo‘yicha o‘rinbosari F.Davrukov lavozimidan ozod etilgan edi. Shuningdek, bosh vazirga turizm bo‘yicha har bir hokim o‘rinbosari ishiga baho berish topshirilgan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar