Daryo

Isroilning Livanga hujumida 31 kishi halok bo‘ldi

Yahudiy armiyasi “Hizbulloh” nazoratidagi hududlarda hujumlarni kuchaytirishga va guruhga “og‘ir tovon” to‘latishga va’da berdi.

1 daqiqa o‘qish3 192 ko‘rishlar0 izoh1

Isroilning 2-mart kuni Livanga bergan zarbalari oqibatida kamida 31 kishi halok bo‘ldi, 149 kishi jarohatlandi. Bu haqda Asharq Al-Awsat xabar berdi.

Isroilning Livanga zarbalariga “Hizbulloh” guruhining hujumlari turtki bo‘ldi. Xususan, 2-martga o‘tar kechasi guruh Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiyning o‘ldirilganiga qasos sifatida Isroilga raketalar uchirdi.

“Hizbulloh” Eron rejimi nomidan harakat qilib, Isroil tinch aholisiga qarata o‘t ochmoqda va Livanning o‘zida vayronagarchiliklar keltirib chiqarmoqda. Isroil mudofaa armiyasi kuchlari “Arslon na’rasi” operatsiyasi doirasida bunday ssenariyga tayyorgarlik ko‘rgan va barcha yo‘nalishlarda harakat qilishga tayyor, deyiladi Isroil armiyasi bosh shtabi bayonotida.

Isroil harbiylari Bayrutning janubiy chekkasi va Livan janubiga bir necha zarbalar bergan. Ular “Hizbulloh” nazoratidagi hududlarda hujumlarni kuchaytirish va guruhga “og‘ir tovon” to‘latishga va’da berdi.

Livan bosh vaziri Navaf Salom mamlakat janubidan snaryadlar uchirilishini “mas’uliyatsizlik” va Livan xavfsizligiga tahdid soluvchi “shubhali harakat” deb atadi.

Isroil va Livan 2024-yilda AQSH vositachiligida o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi, bu tomonlar o‘rtasida bir yildan ortiq davom etgan janglarni yakunladi. Mazkur hujumlar oqibatida “Hizbulloh” rahbari Hasan Nasrulloh halok bo‘ldi.

Tehronning Yaqin Sharqdagi asosiy ittifoqchilaridan biri hisoblangan shia musulmon guruhi, ya’ni “Hizbulloh” 28-fevral kuni Eron bilan birdamligini bildirdi. Biroq mojaroga bevosita aralashish-aralashmasligi haqida aniq bayonot bermagan edi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar