Daryo

Havo hududi yopilgani sabab 48 nafar oʻzbekistonlik Doha aeroportida qolib ketdi

Elchixona xodimlari fuqarolarni mehmonxonalarga joylashtirgan.​ Qatarda 600 ga yaqin oʻzbekistonlik boʻlib, hech kim Eron hujumidan jabrlanmagan.

1 daqiqa o‘qish5 883 ko‘rishlar0 izoh0

Kecha, 28-fevral kuni Qatar havo hududi vaqtincha yopilishi oqibatida Toshkentga qaytayotgan 48 nafar oʻzbekistonlik Doha aeroportida qolib ketgan. Bu haqda Oʻzbekistonning Doha shahridagi elchixonasi maʼlumotlariga tayanib, “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi. 

Dohada aviakompaniyalar favqulodda vaziyat sabab yoʻlovchilarni mehmonxona bilan taʼminlay olmay qolgan. Shunday sharoitda Oʻzbekistonning Dohadagi elchixonasi xodimlari zudlik bilan aeroportga yetib borgan. Muzokaralar oʻtkazilib, fuqarolar vaqtinchalik mehmonxonalarga joylashtirilgan. 

“Qatar havo hududi ochilib, parvozlar tiklanishi bilan fuqarolarimizning vatanga xavfsiz qaytishi taʼminlanadi. Vaziyat elchixonaning doimiy nazoratida boʻlib, yoʻlovchilar roʻyxati muntazam yangilab borilmoqda. Diplomatik vakolatxona yurtdoshlarimizni vahimaga tushmaslikka, faqat rasmiy manbalarga tayanishga hamda xavfsizlik yuzasidan odamlar gavjum joylardan saqlanib, mahalliy qonun-qoidalarga amal qilishga chaqiradi”, deya maʼlum qilgan elchixona.

​Qoʻshimcha qilinishicha, yaqin Sharqdagi soʻnggi voqealar munosabati bilan Qatarda boʻlib turgan 600 ga yaqin Oʻzbekiston fuqarosi orasida jabrlanganlar aniqlanmagan. Avvalroq O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi vatandoshlarga ogohlantirish bilan chiqqandi.

Eronga qarshi urush boshlandi

28-fevral kuni AQSH va Isroil harbiy raketalar bilan Eronga hujum qildi. Tehron va boshqa qator shaharlarda portlashlar kuzatildi. Keyin Eron javob zarbasi sifatida dastlab Isroilga, keyin Amerika harbiy bazalari joylashgan Qatar, BAA, Bahrayn, Iordaniyaga rekata zarbalari berishni boshlagan. Urush 1-mart kuni ham faol davom etdi. Yaqin Sharqdagi qator mamlakatlar havo hududlarini yopgan, aviareyslar toʻxtatilgan. 

Maʼlumotlarga koʻra, Eron hujumlardan koʻproq talofat koʻrmoqda. Bugun mamlakatning qator yuqori martabali amaldoralari AQSH va Isroil hujumlari oqibatida halok boʻlgani xabar qilindi. Xususan, Eron oliy rahnamosi Ali Xomanaiy, mudofaa vaziri Aziz Nasirzoda, general-leytenant Abdulrahim Musaviy, mudofaa kengashi kotibi admiral Ali Shamxoniy, Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi qoʻmondoni general-leytenant Muhammad Pakpurlar halok boʻlgani tasdiqlangan. Erondagi qizlar boshlangʻich maktabiga berilgan raketa zarbalari sabab 148 nafar 7-12 yoshlar orasidagi qizlar qurbon boʻlgan.

Farg‘onadanman. Oʻzbekiston Milliy universitetini tamomlaganman. “Daryo”da 2022-yildan beri muxbirman. Iqtisodiy-siyosiy voqealarni yoritib boraman. Yoqtirgan kinolarimdan biri — “Shoushenkdan qochish”. Oxirgi o‘qilgan kitoblardan iqtisodchi olimlar Daron Ajemo‘g‘li va Jeyms Robinson hammuallifligidagi “Mamlakatlar tanazzuli sabablari…” kitobi yoqdi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar