Daryo

Eron BAAdagi AQSH armiyasi boshpanalariga zarbalar berdi

Boshpanalarda 500 nafarga yaqin amerikalik harbiy yashiringan.

1 daqiqa o‘qish25 911 ko‘rishlar0 izoh21

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilarii korpusining (IIQK) havo-kosmik kuchlari Dubaydagi 500 dan ortiq amerikalik harbiylar joylashgan ikkita boshpanaga kuchli zarba berdi. Bu haqda “Xotam al-Anbiyo” harbiy qo‘mondonligi markaziy shtabining rasmiy vakili Ibrohim Zulfiqoriy ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, zarbalar raketalar va uchuvchisiz uchoqlar yordamida berilgan. Zulfiqoriyning aniqlik kiritishicha, birinchi boshpanada 400 dan ortiq, ikkinchisida esa 100 dan ortiq amerikalik harbiylar yashiringan.

28-fevral kuni AQSH Isroil bilan hamkorlikda Eronga qarshi harbiy operatsiya boshladi. Bunga javoban Tehron Isroilga, shuningdek, AQSHning Yaqin Sharqdagi, jumladan, Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Qatar, Kuvayt va BAAdagi bazalariga raketa va uchuvchisiz uchoqlar bilan zarbalar bermoqda. Bundan tashqari, dengiz orqali neft yetkazib berishning qariyb 30 foizini tashkil etadigan Hormuz bo‘g‘ozi Eron tomonidan to‘sib qo‘yilgani hamda Fors ko‘rfazi davlatlarining neft infratuzilmasiga zarbalar berilgani xabar qilingan.

Bloomberg agentligining yozishicha, BAA va Saudiya Arabistoni Eronning portlar, energetika obyektlari va aeroportlarga ta’sir qilgan hujumlari sababli “sabr kosasi to‘lib bormoqda”. Manbalarning tasdiqlashicha, ushbu ikki davlat Eron bilan harbiy mojaroga kirishish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar