Daryo

Surxondaryoda Yapon bog‘i tashkil qilinadi

Shavkat Mirziyoyev mutasaddilarga Yaponiya turagentlari bilan turizm marshruti ishlab chiqib, muzey, o‘zbek—yapon oshxonasi va bog‘ tashkil etishni topshirgan.

1 daqiqa o‘qish3 360 ko‘rishlar0 izoh1

Surxondaryoda muzey, o‘zbek—yapon oshxonasi va Yapon bog‘i tashkil qilinadi. Bu haqda viloyatda Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan majlisda maʼlum qilindi.

Mutasaddilarga buning uchun Yaponiya turagentlari bilan turizm marshruti ishlab chiqish va tegishli loyihalarni boshlash topshirildi.

Surxondaryoning turizm salohiyatini ishga solib, yiliga 1 milliard dollarlik tushum qilsa bo‘ladi, degan davlat rahbari.

Viloyatda Al-Hakim at-Termiziy, Sulton Saodat, Kokildor ota, Qirq qiz singari 150 dan ziyod madaniy meros obyekti joylashgan. Hisor, Boysuntog‘, Ko‘hitang, Bobotog‘da alpinizm, treking, ekoturizm uchun juda katta imkoniyat borligi taʼkidlandi.

Bundan tashqari 26 asrlik tarixga ega Eski Termiz yodgorligi to‘liq o‘rganilmagan. Buddizm madaniyatiga oid Fayoztepa, Qoratepa, Dalvarzin, Zurmala kabi yodgorliklarning turizm salohiyatidan foydalanib, Yaponiya, Koreya, Xitoy, Tailanddan yiliga 500 ming sayyoh jalb qilish mumkin.

Maʼlumotlarga ko‘ra, 2025-yilning yanvar—oktyabr oylaridayoq O‘zbekiston Xitoydan 217 mingga yaqin sayyohni qabul qilgan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Xalqaro jurnalistika yo‘nalishi talabasiman. “Daryo”da 2025-yilning avgust oyidan buyon ishlayman. Xabarlar yozaman. Sevimli kitobim Jek Londonning “Martin Iden” asari. Har yili Andrey Tarkovskiyning “Nostalghia” filmini kamida bir marta qayta ko‘raman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar