Daryo

Yaponiyaning Nara prefekturasi ma’muriyati binosida “Samarqand burchagi” tashkil etildi

“Samarqand burchagi”dan yapon tilida Samarqand va Nara hamkorligiga doir ma’lumotlarni o‘zida aks ettirgan bannerlar va o‘zbek milliy hunarmandchilik mahsulotlari o‘rin olgan

1 daqiqa o‘qish6 316 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston elchixonasi tashabbusi bilan Yaponiyaning Nara prefekturasi ma‘muriyati joylashgan binoning asosiy kirish qismida “Samarqand burchagi” tashkil etildi.

Mazkur loyiha Yaponiya hududlari bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish, O‘zbekistonning turizm salohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida Nara prefekturasi rahbariyati ko‘magida amalga oshirildi.

Nara prefekturasi ma‘muriyati binosi mehmonlar uchun har doim ochiq. U sayyohlar eng ko‘p keladigan Nara bog‘i yonida joylashgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilda Nara bog‘iga 18 millionga yaqin sayyoh kelgan.

“Samarqand burchagi”dan yapon tilida Samarqand va Nara hamkorligiga doir ma‘lumotlarni o‘zida aks ettirgan bannerlar, yurtimiz turizm salohiyatiga oid qo‘llanmalar va o‘zbek milliy hunarmandchilik mahsulotlari o‘rin olgan.

Foto: “Dunyo” AA

“Nara prefekturasi va Samarqand viloyati o‘rtasida hamkorlik aloqalariga bag‘ishlab tashkil qilingan ushbu burchak mahalliy aholi vakillarida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Ular ikki hudud aloqalari, Samarqandning sayyohlik salohiyati va milliy hunarmandchilik mahsulotlari bilan yaqindan tanishyapti.

Nara prefekturasi ma‘muriyati binosi shahrimizdagi eng mashhur turizm obyektlari bilan bir hududda joylashgani sababli, ushbu ko‘rgazma nafaqat mahalliy aholida, balki xorijiy sayyohlarga ham Samarqand shahri salohiyati bilan tanishish imkoniyatini taqdim etmoqda”, dedi Nara prefekturasining Xalqaro hamkorlik departamenti direktori Tatsiya Xitomi.

Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar