Daryo

Yaponiyada komiks bashorati sabab turistlar soni kamayib ketdi

Bashorat muallifi ilgari 2011-yilgi Tohoku zilzilasi va sunamini oldindan aniq aytib bergan

1 daqiqa o‘qish9 855 ko‘rishlar0 izoh0

Yaponiyada iyul oyida kuchli zilzila kuzatilishini bashorat qilgan komiks sabab sayyohlar oqimi kamayib ketdi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Foto: CNN

“The Future I Saw” nomli komiks Sharqiy Osiyo davlatlaridan, xususan, Xitoy, Gonkong, Tailand va Vyetnamdan keladigan sayyohlar soniga taʼsir ko‘rsatdi. Komiks muallifi Ryo Tatsuki hisoblanadi. Uning bashorati 2011-yilgi Tohoku zilzilasi va sunami kabi voqealarni oldindan aniq aytib bergan komikslari sababli vahimaga sabab bo‘lmoqda.

Maʼlum qilinishicha, Gonkongdan Yaponiyaga sayohatlar 2025-yilgi Pasxa bayramida 50 foizga kamaygan. Xitoy va boshqa mamlakatlarda ham sayohatlarni bekor qilish holatlari ko‘paygan.

Bundan tashqari, psixiklar, feng shui mutaxassislari va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bashoratlar qo‘shimcha xavotirni kuchaytirgan.
Yaponiya hukumati va geologlar bunday bashoratlarning ilmiy asosga ega emasligini ta’kidlab, sayyohlarni rasmiy ma’lumotlarga tayanishga chaqirmoqda. 

Shunga qaramay, bu “prognoz effekti” Yaponiyaning turizm sanoatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Ma’lumot uchun, 2025-yilning birinchi choragida Yaponiyaga 10 milliondan ortiq sayyoh tashrif buyurgan. Bu esa mamlakatga bo‘lgan umumiy ishonchni ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlar va bashoratlar turizmga ta’sir qilishini ham ko‘rsatdi.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar