Daryo

Toshkentda qarzini soxta dollar bilan to‘lagan shaxs qo‘lga olindi

U tanishidan 4 ming dollar pulni mahsulot yetkazib berish evaziga olgan va o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi ochildi.

1 daqiqa o‘qish4 698 ko‘rishlar0 izoh2

Toshkentda tanishining pullarini qoʻlga kiritib, oʻrniga soxta kupyuralarni bergan shaxs qoʻlga olindi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qildi.

Qayd etilishicha, Yangihayot tumanida oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlanishicha, muqaddam sudlangan fuqaro R.T. tanishi M.X.ning ishonchiga kirib, unga 4 tonna pomidor yetkazib berishi evaziga 4 ming dollar olgan va pulni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Gumonlanuvchi ushbu pullarni qaytarmaslik maqsadida 100 dollarlik soxta kupyuralardan 4 ming dollar qilib, tanishiga bergan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining firibgarlik va qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazishni nazarda tutuvchi moddalari bilan ish qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Soxta kupyuralar bilan bogʻliq holatlar

Avvalroq Sirdaryo viloyatida qalbaki AQSH dollarlarini oʻtkazmoqchi boʻlgan fuqarolar qoʻlga olingandi. Oqoltin tumanida bir necha shaxs “Sardoba” YPX maskani oldida 100 dollarlik kupyuradagi qalbaki 1 600 dollarni 10,2 million soʻmga sotgan vaqtida ushlangan.

Toshkent viloyatida kuzatilgan holatlarda esa 10 ming dollarni noqonuniy sotishga uringan shaxslar va qalbaki 100 ming soʻmlik kupyuralarni tayyorlash bilan shugʻullangan oila aʼzolari qoʻlga tushgan.

Jizzaxda ham shu kabi holat kuzatilib, ikki fuqaro 51 ming dollar hamda 200 ming soʻmlik kupyurali qalbaki 100 million soʻmni pullarni 93 million soʻmga sotishga kelishib, bank plastik kartasiga 39,2 million soʻmni o‘tkazib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Xalqaro jurnalistika yo‘nalishi talabasiman. “Daryo”da 2025-yilning avgust oyidan buyon ishlayman. Xabarlar yozaman. Sevimli kitobim Jek Londonning “Martin Iden” asari. Har yili Andrey Tarkovskiyning “Nostalghia” filmini kamida bir marta qayta ko‘raman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar