Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent viloyatida noqonuniy valyuta savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lda olindi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Ma’lum qilinishicha, departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan valyuta qimmatliklarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldini olish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida fuqarolar D.U. va O‘.M. valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritish orqali daromad orttirishni ko‘zlab, jami 10 ming AQSh dollarini fuqaro D.ga 107,5 million so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Buxoroda 3 ming dollarni noqonuniy sotgan fuqarolarga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani, O‘zbekistonda 1 million dollarlik yaxlit kupyura sotayotgan shaxs ushlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oʻzbekistonda yashil energetika davri boshlanganiga uch yil boʻldi. Nimalar oʻzgardi?
Mahalliy
Fotoreportaj: Prezident tashrifiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Namangan
Sport
Lionel Messi Krishtianu Ronalduning rekordini yangiladi