Toshkentda boʻlib oʻtgan muzokaralar yakunida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Paragvay prezidenti Santyago Penya Qoʻshma bayonotni imzoladi.
Shuningdek, yetakchilar huzurida Oʻzbekistonning JSTga qoʻshilishi doirasida bozorga kirish masalalari boʻyicha ikki tomonlama muzokaralar yakunlangani toʻgʻrisidagi bayonnoma hamda Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasidagi siyosiy maslahatlashuv mexanizmini yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisida oʻzaro anglashuv memorandumini imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.
Bundan avval Koʻksaroy qarorgohida prezident Shavkat Mirziyoyev va Paragvay prezidenti Santyago Penya rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokara oʻtkazdi. Muzokaralarda ikki tomonlama hamkorlikni, jumladan, savdo-iqtisodiyot, madaniy-gumanitar, taʼlim va boshqa sohalarda kengaytirishning ustuvor yoʻnalishlari muhokama qilindi. Oʻzaro savdoni koʻpaytirish, ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat va kimyo sanoati, raqamlashtirish, turizm hamda sport sohalarida qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.








