Daryo

JCH-2026. Braziliya keyingi bosqichda, Germaniya esa Paragvayga mag‘lub bo‘lib mundialni tark etdi

Jahon chempionatining pley-off bosqichi doirasida navbatdagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Ushbu o‘yinlarda muxlislar ham drama, ham kutilmagan sensatsiyaning guvohiga aylandi.

2 daqiqa o‘qish10 065 ko‘rishlar0 izoh7

Jahon chempionatining pley-off bosqichi doirasida navbatdagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Ushbu o‘yinlarda muxlislar ham drama, ham kutilmagan sensatsiyaning guvohiga aylandi.

Braziliyaning irodali g‘alabasi

Braziliya va Yaponiya milliy terma jamoalari o‘rtasidagi qarama-qarshilik kutilmaganda osiyoliklarning ustunligi bilan boshlandi. 29-daqiqada Kayishu Sano darvozani ishg‘ol qilib, Yaponiyani hisobda oldinga olib chiqdi.
Ikkinchi bo‘limda vaziyatni o‘nglashga harakat qilgan braziliyaliklar 56-daqiqada Kazemironing goli evaziga muvozanatni tiklashga erishdi (1:1). O‘yinning asosiy vaqti durang bilan tugashi kutilayotgan bir pallada, hakam tomonidan qo‘shib berilgan 5-daqiqada (90+5) Gabriel Martinelli g‘alaba golini kiritib, jamoasini musobaqaning navbatdagi bosqichiga olib chiqdi.

Germaniyaning mag‘lubiyati

Kunning ikkinchi muhim o‘yinida Germaniya hamda Paragvay terma jamoalari o‘zaro bahs olib bordi va unda JCH-2026 ning eng yirik sensatsiyasilaridan biri qayd etildi.
O‘yin murosasiz kurashlar ostida kechdi. Birinchi taym so‘ngida (42-daqiqa) paragvaylik Xulio Ensiso hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi taym boshida (54-daqiqa) Kay Haverst muvozanatni tikladi — 1:1. O‘yinning asosiy hamda qo‘shimcha taymlarida g‘olib nomi aniqlanmagach, jamoalar penaltilar seriyasiga murojaat qildi.

Penaltilar seriyasida omad Janubiy Amerika vakillariga kulib boqdi. Paragvayliklar 4:3 hisobida zafar quchib, o‘z yurishini davom ettiradigan bo‘ldi. Mundialning asosiy favoritlaridan biri sanalgan Germaniya terma jamoasi esa Jahon chempionati bilan xayrlashdi.

Jahon chempionati
1/16 final bosqichi

Braziliya — Yaponiya 2:1
Gollar:
0:1 — Sano (29), 1:1 — Kazemiro (56), 2:1 — Martinelli (90+5)

Germaniya — Paragvay 1:1 (penaltilar seriyasi 3:4)
Gollar:
0:1 — Xulio 942), 1:1 — Haverts (54)

Turnir setkasiga ko‘ra, g‘alaba qozongan jamoalarning 1/8 finaldagi ehtimoliy raqiblari ham ma’lum. Xususan, Paragvay terma jamoasi navbatdagi bosqichda Fransiya hamda Shvetsiya uchrashuvi g‘olibi bilan kuch sinashadi. Ushbu bahs 5-iyul kuni soat 02:00 da bo‘lib o‘tishi belgilangan bo‘lsa, Braziliya terma jamoasi 1/8 finalda Kot-d’Ivuar va Norvegiya juftligi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi. Mazkur o‘yin esa 6-iyul kuni soat 01:00 ga belgilangan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar